Tashrif doirasida, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, davlat tomonidan investorlar uchun berilgan imkoniyatlar, sohaning bugungi kundagi holati va eksport-investitsiya salohiyati yuzasidan ma’lumotlar taqdim etib borilmoqda.
Tashrifning birinchi kunida “Classica Shoes International”, “Person”, “Ravon Taraqqiyot Orzusi” va “San+One” mahalliy korxonalar hamda Belorus Respublikasining “Труд”, “Лидская обувная фабрика”, “Минский экспериментально-фурнитурный завод” “Легпромразвитие” kompaniyalar bilan eksport-investitsiya yo‘nalishida B2B uchrashuvlar bo`lib o`tdi.
Jumladan, “Clasica Shoes International” va “Легпромразвитие” kompaniyalari o‘rtasida olib borilgan muzokalar davomida xorijiy kompaniya tomonidan mahalliy korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotib olish taklifi bildirildi. Muzkaralar yakuni bilan ikki korxona o‘rtasida 2023-2025-yillarda poyabzal mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha 1,5 mln. dollarlik eksport shartnomasi imzolanishiga erishildi.
Shuningdek, Belorus Respublikasining yana bir kompaniyasi “Труд” va “Person” mahalliy koxonasi o‘rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. Ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish O‘zbekistonda qo‘shma korxona tashkil etish yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Muzokaralar so‘nggida mahalliy korxona tomonidan “Autsorsing” yo‘nalishida mahsulot yetkazib berishga kelishib olindi.
Uzcharmsanoat