“Anta Sports” va “361 Degrees”: Oʼzbekiston korxonalari savdo platformamizdan foydalanishi mumkin

20.01.2024

“Anta Sports” va “361 Degrees”: Oʼzbekiston korxonalari savdo platformamizdan foydalanishi mumkin

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasining XXRga amalga oshirgan ishchi tashrifining navbatdagi kunida Xitoyning dunyoga mashxur “Anta Sports” hamda “361 Degrees” brendlari rahbariyati bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Muzokaralarda mahalliy korxonalarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini jahon standartlariga moslashtirish boʼyicha tajriba almashish, dizayner va texnologlar malakasini oshirish, brendlar bilan “Аutsorsing” va “Franchayziyng” asosida aloqalarni boshlash, brendlarning ishlab chiqarishining bir qismini Oʼzbekistonga koʼchirish masalasi muhokama etildi.

Dastlab uyushma delegatlari “Anta Sports” kompaniyasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish faoliyati, marketing yoʼnalishda mutaxasisslar ishi bilan yaqindan tanishdi. Mahalliy korxonalarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan sport poyabzallarini xorijiy standartlarga moslashtirish, soʼngi texnologiyalarni korxonalarimizga joriy qilish boʼyicha tajribalari oʼrganildi.

 Maʼlumot uchun: “Anta Sports” 1991 yilda Xitoyda tashkil etilgan. Аsosan, sport poyabzallari, aksessuarlar va kiyimlar ishlab chiqarish bilan shugʼullanadi. Soʼngi 10 yilda brend dunyoning eng mashxur brendlari qatoridan joy egallashga ulgurdi. 2023 yilda uning sof foydasi 8 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bugungi kunda “Anta Sports” katta bir konsernga aylangan. Uning tarkibida dunyoning yana 8 ta brendi faoliyat koʼrsatadi.

Muloqotlarda Xitoy brendi mahsulotlar sifatini oshirish, xalqaro bozorga kirib borish boʼyicha mahalliy korxonalarimizga amaliy koʼmak koʼrsatishga tayyorligini maʼlum qildi. 

 Аna shunday mashxur Xitoy brendlaridan yana biri “361 Degrees” Oʼzbekiston korxonalari bilan “Аutsorsing” va “Franchayziyng” asosida hamkorlikka tayyor ekanligini maʼlum qildi. Uyushma delegatsiyasi Xitoyning Jinjiang shahrida boʼlib, ushbu kompaniya bilan samarali muloqot oʼtkazdi.

 Maʼlumot uchun: “361 Degrees” brendiga 2003 yilda Xitoyda asos solingan. Osiyo mintaqasida keng ommalashgan sport poyabzallari markasi bir yilda 7 mln. juft mahsulot ishlab chiqaradi. 2010 yildan boshlab kompaniya Shimoliy-Janbubiy Аmerika, Аvstraliya, Yevropa, Brazilyada oʼz vakolatxonalarini ochgan. Hozirda dunyo boʼylab 7000 dan ortiq savdo markazlariga egadir.

Ushbu brend bilan hamkorlik eng avvalo mahalliy korxonalarimizga xalqaro maydonda oʼz mahsulotlarini tanitish imkoniyatini berishi bilan birga, Yevropa bozoriga kirishida ishonch belgisi berilganligini anglatadi. Uyushma delegatlari brendning Jingjiang shahridagi ishlab chiqarish zavodida boʼlib, kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Muzokaralarda mazkur brendni Oʼzbekistonga jalb etish, u orqali MDH davlatlari va Osiyoning boshqa mamlakatlariga mahsulotlarni eksport qilishning istiqbollari, logistika avzaliklari koʼrib chiqildi. Xorijiy investorlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar esa kompaniyada hamkorlik qilishga qiziqshni oshirdi. Kompaniyaning xorijiy hamkorlar bilan ishlash menejeri Chen Binbin ikki tomonlama muloqotlar yakunida Oʼzbekiston charm sanoati haqida quyidagi fikrlarni bayon qildi.

 “361 Degrees” brendi nomidan mamlakatingiz delegatsiyasini Jinjiangdagi zavodimizda koʼrib turganimizdan maʼmnunmiz. Sport poyabzallarini ishlab chiqarishda sifatni oshirish, ikki tomonlama hamkorlikni yoʼlga qoʼyish bilan bogʼliq masalalarni muhokama qilib oldik. Keltirilgan mahsulotlar naʼmunalari bilan tanishdik. Oʼzbekiston korxonalari ham bu borada rivojlanishga erishganiga guvox boʼldik. Shu bois, aprelda ularni Xitoyga taklif qildik. Ishonamanki manfaatli shartnomalar imzolashga erishamiz.

Uyushma delegatsiyasi muzokaralar yakuni bilan Xitoy brendining har yili baxorda yangi modellarini namoyish qilish maksadida xorijiy hamkorlar uchun yaratiladigan savdo maydonchasida Oʼzbekiston korxonalarining ishtirokini taʼminlash boʼyicha kelishuvga erishdi. Brend tomonidan joriy yilning aprel oyida tashkil etiladigan savdo maydonchasida Oʼzbekiston korxonalarining “Made in Uzbekistan” yorligʼi ostidagi sport poyabzalari va mahsulotlari namoyish etiladigan boʼldi. Bu oʼz navbatida mahalliy korxonalarimizning “361 Degrees” brendi bilan xamkorlik qilish va boshqa xorijiy xaridorlar bilan shartnomalar imzolashiga sharoit yaratadi.

 

Uzcharmsanoat