O`ZBEKISTON-XITOY: CHARMSANOAT SOHASIDA HAMKORLIK KENGAYMOQDA

12.01.2024

O`ZBEKISTON-XITOY: CHARMSANOAT SOHASIDA HAMKORLIK KENGAYMOQDA

 “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan Gao Yao boshchiligidagi investorlar bilan uchrashuv oʼtkazdi. Muloqot mavzusi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mamlakatimiz charm sanoatiga kompaniya sarmoyasini jalb qilish masalalari boʼldi.

Dastlab, Uyushma tomonidan xorijiy hamkorlarga mamlakatimiz charm sanoatida soʼngi yillarda olib borilayotgan islohotlar, ishlab chiqarish, investitsiya, eksport koʼrsatkichlar, mahalliy va xorijiy investorlarga davlat tomonidan berilayotgan sharoit va imkoniyatlar, preferensiyalar toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi.

Muloqotda Xitoylik investorlar Oʼzbekistonda bugungi kunda xorijik kompaniyalarga yaratib berilayotgan sharoitlar, hukumatning qoʼllab-quvvatlashi xorijiy sarmoyalar oqimining kengayishiga xizmat qilayotganini takidladi. Shu maqsadda investorlar respublikamizning charmsanoat tarmogʼida ham hamkorlikda qoʼshma loyihalarni amalga oshirish, Xitoyga tayyor charm mahsulotlarni eksport qilishga qiziqish bildirmoqda.

 Uchrashuvda eksport-import masalalaridagi aloqalarni yoʼlga qoʼyishga oid masalalar atroflicha muhokama qilib olindi. Mahalliy korxonalarimiz bilan oʼzaro biznes muloqotlarni yoʼlga qoʼyish, muzokaralar oʼtkazish boʼyicha qaror qabul qilindi.

 

Uzcharmsanoat