TADBIRKORLARGA TADBIRKORLIK QILISHLARI UCHUN YER BERISHNING YANGI TARTIBI HAQIDA AYTILDI.

09.08.2023

TADBIRKORLARGA TADBIRKORLIK QILISHLARI UCHUN YER BERISHNING YANGI TARTIBI HAQIDA AYTILDI.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, yer uchastkalarini egalik, doimiy foydalanish va ijaraga sotish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Videokonferensaloqa formatida tashkil etilgan tadbirda 60 dan ortiq tarmoq korxonalari rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etdi.Kadastr agentligi, Adliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mutaxassislari yig‘ilish ishtirokchilariga yangi korxona ochish yoki mavjud biznesni kengaytirish, elektron auktsionlarda qatnashish uchun yer olishning yangi tartibi to‘g‘risida so‘zlab berdi, bugungi kundagi muammolar haqida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, yer uchastkalarini egalik qilish, doimiy foydalanish va ijaraga berish ajratish tartibida amalga oshiriladi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1) mulkchilikka — qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo‘jaligidan tashqari maqsadlardagi, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joy qurish va turar-joy binolarini saqlash, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq elektron onlayn-auksion orqali;
2) doimiy foydalanish uchun — Yer kodeksining 20-moddasida nazarda tutilgan hollarda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan;
3) ijaraga — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shuningdek ochiq elektron tanlov va elektron onlayn-auksion orqali.

Shuningdek, tadbirkorlarga “E-AUKSION” portalining ishlash prinsipi, bugungi kunda yer uchastkalari bo‘yicha savdolar o‘tkazilayotgani haqida ham so‘zlab berildi. Savdo maydonchasining asosiy maqsadlari - kim oshdi savdosiga qo'yilgan ob'ektlarga egalik qilish yoki ulardan foydalanish huquqini olish uchun savdolar va tenderlar o'tkazish jarayonida qonuniylik, shaffoflik va xolislikni ta'minlash,narxlarni manipulyatsiya qilish va boshqa suiste'molliklarning oldini olish va ularga chek qo'yish, Internet tarmog'ida arizalarni qabul qilish va elektron onlayn auktsionlar g'olibini aniqlash jarayoniga aralashishni oldini oluvchi mexanizmni yaratish, axborot xavfsizligi vositalaridan foydalangan holda ma'lumotlarning yaxlitligi va maxfiyligini ta'minlash.

Ishbilarmonlarga platformalar qanday ishlashini tushuntiruvchi videolar namoyish etildi. Seminar yakunida esa savol-javob bo‘lib o‘tdi, unda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun hududlar olish sohasida tadbirkorlarni qiziqtirgan holatlar ko‘rib chiqildi.

Uzcharmsanoat