Eʼtirof: “Moʼʼtabar ayol” koʼkrak nishoni munosiblarga topshirildi

07.03.2023

Eʼtirof: “Moʼʼtabar ayol” koʼkrak nishoni munosiblarga topshirildi

Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʼrsatgan, oʼzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʼshgan, shuningdek, sogʼlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol gʼoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʼlomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targʼib yetish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan taʼsis etilgan “Moʼtabar ayol” koʼkrak nishoni charm-poyabzal va moʼynachilik sohasida koʼp yillik samarali faoliyati, sohada gender tengligini taʼminlash, tadbirkorlik muhitini rivojlantirishdagi munosib xissasi uchun “Oʼzcharmsanoat” uyushmasining prognozlashtirish va iqtisodiy taxlil boʼlimi boshligʼi Zufarova Dlobar Jalilovna taqdirlandi. Аyni vaqtda ushbu eʼtirof “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi va uning tarkibidagi barcha charm-poyabzal va moʼynachilik tarmogʼida ishlab kelayotgan xotin-qizlarga nisbatan bildirilgan baho va ishonchdir! 

Dlobar Jalilovna, Davlatimiz rahbari boshchiligidagi insonparvar islohotlarni amalga oshirish jarayonida hamisha yuzingiz yorugʼ boʼlsin! Sizga mustahkam sogʼliq, oilaviy xotirjamlik, fidokorona va samarali mehnatingizda ulkan zafarlar tilaymiz! Koʼksingizni bezab turgan, eʼtirof ramzi boʼlmish ko'krak nishoni sizni yanada katta zafarlar sari ilhomlantirsin!

 

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi jamoasi

Uzcharmsanoat