Tozalash inoshoatlarini barpo etishda xalqaro hamkorlik

29.03.2023

Tozalash inoshoatlarini barpo etishda xalqaro hamkorlik

 “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasining Janubiy Koreyaga amalga oshirgan tashrifi davomida koʼplab kores kompaniyalari bilan manfaatli muloqotlar boʼlib oʼtmoqda. Navbatdagi xalqaro hamkorlik charm-poyabzal sohasida tozalash inshoatlarini barpo etish va sohaga Koreya texnologiyalarini qoʼllagan xolda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni amalga oshirishdir.

 “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi va Janubiy Koreyaning “Beomhan engineering” kompaniyasi rahbariyati bilan boʼlib oʼtgan uchrashuvda charmsanoat sohasida tozalash inshoatlarini takomillashtirish va mavjudlarini modernizatsiya qilish masalasi atroflicha muhokama qilib olindi. 

 Shuningdek, Koreya kompaniyasi bilan mamlakatimizdan tayyor charm-poyabzal mahsulotlarini xarid qilish va mazkur davlat bozoriga yetkazib berish masalalari atroflicha muhokama qilib olindi.

 Maʼlumot oʼrnida takidlash zarur, “Beomhan engineering” kompaniyasi 1995 yilda tashkil etilgan. Аsosiy ish faoliyati suvdan oqilona foydalanish, atrof-muhit muhofazasi sohasida tozalash inshoatlari uchun texnologiyalarni ishlab chiqish hamda xizmat koʼrsatish va sifat nazoratini olib borish bilan shugʼullanadi. Shu kunga qadar kompaniya tomonidan dunyoning turli mamlakatlarida 3000 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi. Kompaniya texnologiyasi asosidagi tozalash inshoatlarini barpo etishga qaratilgan loyiha endi Oʼzbekistonda ham amalga oshiriladi.

Kompaniya vakillari mart oyi boshida Oʼzbekistonda boʼlgan tashrifi chogʼida amalga oshiriladigan loyihaning dastlabki tashkiliy masalalari muhokama qilib olingan edi. Endilikda ushbu hamkorlikning amaliy bosqichiga start berildi. 

 “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi hamda “Beomhan engineering” kompaniyasi oʼrtasida qoʼshma loyihani amalga oshirish toʼgʼrisidagi hamkorlik memorandumi imzolandi.

 Ushbu xujjat asosida Koreya kompaniyasi ikki oy muddatda mamlakatimizdagi charm korxonalarida boʼlib, ishlab chiqarish jarayoni, korxonalarning joylashuvi, atrof-muhit, suv sohalarida oʼrganishlar olib boradi. Oʼrganishlar yakuniga yetgandan soʼng kompaniya qoʼshma loyihaning texnik parametrlarini tayyorlaydi. Shundan soʼng investiitsiya kiritish evaziga ushbu tozalash inshoatlarini qurishga qaratilgan loyiha amalga oshiriladi.

Uzcharmsanoat