Misrning “Al-Rowad” kompaniyasi Oʼzbekistonda

24.03.2023

Misrning “Al-Rowad” kompaniyasi Oʼzbekistonda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida charm-poyabzal sanoatida umumiy qiymati 15 million dollar bo‘lgan 2 ta investisiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgan edi. Ushbu loyihalardan biri "Al-Rowad" bilan amalga oshiriladi.

Xususan, tashrif doirasida ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvda “Al-Rovad” kompaniyasi bosh direktori Abdel Rahmon El-Gabbas O‘zbekistonda terini qayta ishlash loyihasini davlatimiz rahbariga taqdim etdi.

Ayni kunlarda kompaniya rahbari boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda ishchi tashrif bilan bolib turibdi. “O‘zcharmsanoat” uyushmasida Misrning “Al-Rowad” kompaniyasi vakillari bilan bo`lib o`tgan muloqotlarda yangi loyihani amalga oshirishning amaliy jihatlari ko`rib chiqildi.  

Muloqotda so‘ngi yillarda yurtimiz charmsanoatining ishlab chiqarish salohiyati, investitsion muhit, eksport imkoniyatlar, xom ashyo bazasi to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek sohaga sarmoya kiritayotgan xorijiy investorlarga taqdim etilayotgan bojxona, soliq imtiyozlar, transport-logistika yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berib o’tildi.

Qayd etish kerak, mazkur invest loyihaning umumiy qiymati 10 mln dollarni tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish bo`yicha yer maydonlarini tanlash maqsadida kompaniya vakillari Toshkent, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida bo`lib ishlab chiqarish va ajratilishi ko`zda tutilgan yer maydonlarini borib ko`radi.

Uchrashuvda yarim va tayyor charm ishlab chiqarish salohiyat, eksport korsatkichlari yuzasidan fikr almashildi. Hamkorlikning kelgusi istiqbolli yoʼnalishlari va yangi oʼsish nuqtalarini roʼyobga chiqarish yuzasidan fikr almashildi.

Uzcharmsanoat