SLF:Oʼzbekiston charm ishlab chiqaruvchi korxonalari Yevropa bozoriga kirishga tayyor

14.02.2023

SLF:Oʼzbekiston charm ishlab chiqaruvchi korxonalari Yevropa bozoriga kirishga tayyor

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi va Buyuk Britaniyadagi mamlakatimiz elchixonasi bilan hamkorlikda Birlashgan qirolikdagi xalqaro sertifikatlashtirish tashkiloti (SLF) ijrochi direktori Debora Tayler bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Muloqotda mamlakatimiz korxonalarini ushbu tashkilotga aʼzo qilish va ularda boshqaruv menejmentini joriy qilish yuzasidan muzokaralar oʼtkazildi.

SLF- charmni qayta ishlash va tayyorlash yoʼnalishida ekologiya, mehnat muhofazasi, ijtimoiy va iqtisodiy tamoiyllarning bajarilishini baholab boruvchi yirik xalqaro sertifikatlashtirish tashkiloti sanaladi. Аynan ushbu tashkilot sertifikatini qoʼlga kiritish bu mazkur korxonalar Buyuk Britaniya va YeI talab etadigan barcha standartlarga toʼliq mosligini anglatadi. Bugungi kunda tashkilotga 200 dan ortiq korxonalar aʼzodir.

Muloqotda aynan Oʼzbekiston korxonalarini tashkilotga aʼzo qilish va u yerdagi boshqaruv menejmentini YeI standartlariga moslashtirish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, xalqaro sertifikatning talablari joriy etiladigan Oʼzbekiston korxonalari toʼgʼrisida batafsil tashkilot direktoriga maʼlumot taqdim etildi. 

 Mazkur sertifikatni qabul qiluvchi Surxondaryodagi “Top Quality Brand”, Toshkent viloyatidagi “Angren Charm Invest” , "Peng Sheng", "Hamkor Nur-Savdo" korxonalarining texnik parametrlari, mahsulotlar sifati, boshqaruv menejmenti toʼgʼrisida fikr almashildi. Xalqaro tashkilot mazkur mazkur korxonamizni audit va texnik nazoratlar yakuniga yetgach aʼzolikka qabul qiladi. Toʼliq xalqaro sertifikatlarni taqdim etish boshlanadi.Oʼzbekiston prezidenti bugun mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, eksportni kengaytirish, YeI bozorlariga milliy mahsulotlarni jadal kiritish borasidagi strategiyasi quvonarli xolat. Biz aynan ushbu jobiy oʼzgarishlar sabab, Oʼzbekiston bilan hamkorlik qilishga shaymiz. Taqdim etayotgan xalqaro sertifikatlarimiz mamlakatingiz korxonalarini YeI bozoriga kirib borishga koʼmaklashadi. Bu boradagi ishlarni boshlaganmiz. Muloqotda SLF ijrochi direktori Debora Tayler oʼz fikrlarini ana shunday bayon etdi.

Muzokaralar yakuni, olti oy davomida tashkilot tomonidan oʼtkazilgan boshqaruv menejmenti taxlili natijalari bilan SLF tashkiloti “Oʼzcharmsanoat” uyushmasiga xalqaro sertifikatni topshirdi.

 Endilikda Uyushma tashabbusi bilan mahalliy charm-poyabzal korxonalarimiz xalqaro sertifikatlarni qabul qilib olishni boshlaydi.

Uzcharmsanoat