BIOT-2023: Oʼzbekiston charmsanoat korxonalari yangi hamkorlik aloqalarini yoʼlga qoʼymoqda

06.12.2023

BIOT-2023: Oʼzbekiston charmsanoat korxonalari yangi hamkorlik aloqalarini yoʼlga qoʼymoqda

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “Mehnat muhofazasi va xavfsizlik-BIOT” xalqaro koʼrgazmasi oʼz ishini boshladi. Unda “Oʼzcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo 20 dan ortiq korxonalar 150 turdagi maxsus poyabzallar, ish kiyimlari, jun mahsulotlarini namoyishga qoʼygan. 

Takidlash kerak, mehnat muhofazasi sohasidagi eng yirik koʼrgazmada xar yili charmsanoat korxonalarimiz yangi eksport shartnomalarini, investitsiya kelishuvlarini imzolashga erishadi.

 Joriy yilda ham koʼrgazmaning ilk kunidanoq mahalliy korxonalarimiz manfaatli muzokaralar oʼtkazib, samarali kelishuvlarga erishdi. Xususan, Jizzax viloyatida joylashgan “Jizzax Jun” MChJ Rossiyaning “Мех Оретекс” kompaniyasi bilan muzokaralarga kirishdi. Muloqotda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan jun tolasini Rossiya kompaniyasiga eksport qilish masalalari koʼrib chiqildi. Muzokara yakunida “Jizzax Jun” MChJ va “Мех Оретекс” kompaniyasi oʼrtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

 Shuningdek, “Ulkan Laziz” MChJ Italiya, Rossiya, Xitoy kompaniyalari bilan tayyor charm mahsulotlari, maxsus poyabzallarni mazkur davlatlarga eksport qilish boʼyicha manfaatli muloqotlarga kirishdi.

 Koʼrgazma oʼz ishini davom ettirmoqda.

Uzcharmsanoat