Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “Samarali davlat boshqaruvi” loyihasi

17.11.2023

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “Samarali davlat boshqaruvi” loyihasi

2023 yil 6-10 noyabr kunlari Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “Samarali davlat boshqaruvi” loyihasi, Fransiya Respublikasining Oʼzbekistondagi elchixonasi va Fransiyaning Davlat xizmati milliy instituti (Institut National du Service Public, INSP) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan, Fransiyaning Parij shahrida tashkil qilingan “Lider ayollar” malaka oshirish dasturida turli davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan, shuningdek, Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan bir guruh oʼzbekistonlik rahbar ayollar delegatsiyasi tarkibida "Oʼzcharmsanoat" uyushmasi mutaxasisslari ham ishtirok etdi.
Mazkur malaka oshirish dasturi Fransiyaning eng nufuzli taʼlim muassasi – yuqori darajadagi rahbarlarni tayyorlash va malakasini oshirishga masʼul boʼlgan Fransiya Davlat xizmati milliy institutida tashkil etilganligi biz ishtirokchilarga sharaf boʼlish birga zimmamizga katta masʼuliyat yukladi.
Mazkur dastur doirasida Fransiyaning Davlat xizmati milliy institutining yuqori malakali mutaxassislari va xalqaro ekspertlar tomonidan nafaqat mavzuga oid maʼruzalar balki har bir mavzu boʼyicha amaliy mashgʼulotlar hamda tinglovchilar uchun mustaqil ishlar tashkil qilindi. 
Boshqaruv tizimida, jumladan qarorlar qabul qilishda ayollarning oʼrni xalqaro va Yevropa tajribasi, Fransiya Davlat xizmati tizimida rahbar ayollarni qoʼllab-quvvatlash siyosati, liderlik mohiyati va keng tarqalgan gender stereotiplari, davlat innovatsion loyihalarida ayol rahbarlarning oʼrni, ayollarning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish kabi mavzularda yangi bilim va koʼnikmalarga ega boʼlish bilan birga ilgʼor xorij tajribasini mamlakatimizda tadbiq etish borasida qiziqtirgan savollarga javoblar olindi, tajriba almashildi.
Egallangan yangi bilim va tajriba asosida Oʼzbekistonda ushbu yoʼnalishni rivojlantirish, rahbar ayollarni salohiyatini oshirish hamda xorij tajribasidan samarali foydalanish boʼyicha xulosalar shakllantirilib, har bir idora va tashkilotda "yoʼl xaritalari" ishlab chiqiladi.
Jumladan, sohada xizmat qilayotgan rahbar ayollar oʼzaro hamkorligi va muloqotini (networking) oʼrnatish, ayollarning rahbarlik va yetakchilik qobiliyatlarini, xususan yumshoq (soft skills) koʼnikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga bagʼishlangan onlayn hamda joylarga chiqqan holda seminar-treninglar tashkil qilish, ilmiy-ommabop maqolalar orqali mavzuning dolzabr jihatlarini yoritib borish va boshqa amaliy tadbirlar Rahbar ayollar faoliyatida ast qotishi shubxasiz.
 “Lider ayollar” malaka oshirish dasturida respublikamiz yetakchi ayollarini yanada qoʼllab-quvvatlash, ularning salohiyatini oshirish va yangi imkoniyatlar yaratish borasida oldimizga qoʼygan maqsadlarimizga erishishda muhim bosqich boʼlib xizmat qiladi.

Uzcharmsanoat