CHARM-POYABZAL SANOATI: RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

28.09.2022

CHARM-POYABZAL SANOATI: RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi hamda charm-poyabzal va mo‘ynachilik tarmog‘i korxonalari tomonidan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda joriy yilning yanvar-avgust oylarida sohada mahsulot ishlab chiqarish hajmlari 3,1 trln.so‘mni va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish surʼatlari 110,3 foizni tashkil qilganligi qayd etildi.

Anjuman davomida import o‘rinini qoplash hisobiga sohada mahalliylashtirish darajasi poyabzal ishlab chiqarish 102,7 foizga, charm mahsulotlari 112,1 foizga, charm-attorlik mahsulotlari 111,0 foizga, sunʼiy charm 117,5 foizga va boshqa turdagi sanoat mahsulotlari 102,9 foizga yetkazilganligi haqida maʼlumot berildi.

2022 yilda, sohada Davlat investitsiya dasturi doirasida jami qiymati 271 mln dollarlik 43 ta investitsiya loyihalari bo‘yicha 176 mln dollar o‘zlashtirilishi belgilangan. Joriy yilning yanvar-avgust oylarida jami 49,3 mln dollar, shundan 8,9 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Shu bilan birga hududiy investitsiya dasturiga asosan 2022 yil yakuni bilan umumiy qiymati 218 mln dollar bo‘lgan 120 ta yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Yanvar-avgust oylarida umumiy qiymati 47 mln dollar bo‘lgan 46 ta investitsiya loyihalari foydalanishga topshirildi.

Eksport faoliyati bo‘yicha 2022 yil yanvar-avgust oylari uchun reja 283,1 mln dollar bo‘lib ushbu ko‘rsatkich 314,8 mln dollarga rejaga nisbatan 111,2 %ga (qo‘shimcha bilan 309,0 mln doll. prognoz bajarilishi 101,8 % yoki 5,8 mln dollarga ortig‘i bilan) bajarildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining amaliy ko‘magida joriy yilning 25-27 may kunlari Toshkent shahrida “UzCharmExpo-2022” 12–Xalqaro charm, poyabzal, attorlik mo‘yna va jun mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkazildi. Ushbu ko‘rgazmada 100 dan ortiq mahalliy charm, poyabzal, mo‘yna mahsulotlari, xom ashyo va materiallar ishlab chiqaruvchi korxonalar 4000 dan ortiq mahsulotlar namunalari bilan ishtirok etdi.

2022 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 4,9 trln. so‘mga, charm mahsulotlari 1 832,6 mln.kv.dm, poyabzal mahsulotlar 128,1 mln.juft, charm-attorlik mahsulotlari 123,4 mlrd.so‘m yetkazish va yil yakuniga qadar jami 218,0 mln.dollarlik 120 ta loyihalarni ishga tushirish vazifalari belgilangan. Bundan tashqari sohaning eksport hajmini 450 mln.dollarga yetkazish kutilmoqda.

Uzcharmsanoat