“O‘zcharmsanoat” uyushmasi va unga aʼzo korxonalardan iborat delegatsiya “Elite Line -2022” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida respublikamizning Olmota shahridagi Bosh konsuloxonasi hamkorligida “Atameken” Olmota shahar tadbirkorlar palatasi rahbariyati va palataga aʼzo korxonalar bilan biznes muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda asosiy eʼtibor ikki davlat tashkilotlari o‘rtasida charm- poyabzal sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va mamlakatlarimiz tadbirkorlari uchun biznes faoliyatni samarali yurtishida amaliy ko‘mak ko‘rsatishga qaratildi.
Maʼlumot o‘rnida qayd etish kerak, Atameken Olmota 2013 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 1000 dan ortiq korxonalar ushbu tashkilotga aʼzo sanaladi. Olmota shahridagi barcha turdagi tadbirkorlik subyektlariga xuquqiy ko‘mak ko‘rsatib keladi.
Muloqot avvalida Qozog‘iston tomoniga mamlakatimizdagi ishbilarmonlik muhiti, xorijiy va mahalliy investorlarga yaratib berilayotgan sharoitlar, bojxona, soliq imtiyozlari, sohaga oid Prezident qarorlari, normativ xujjatlar, ishlab chiqarish va eksport salohiyati to‘g‘risida batafsil maʼlumot taqdim etildi.
Biznes uchrashuv chog‘ida Qozog‘istonlik tadbirkorlar mamlakatimiz korxonalari bilan klasterlar tashkil etish, investitsion loyihalarni amalga oshirish, mo‘ynachilik sohasidagi yangi loyihalarni birgalikda tashkil etish, ulgurji savdo masalalari bo‘yicha o‘z tashabbuslarini ilgari surdi.
Xususan, Olmotalik tadbirkor shahardagi mavjud sanoat zonasida charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha klaster tashkil etishga qiziqish bildirdi. Bu loyihani amalga oshirishda O‘zbeksitonning katta tajribasidan foydalanish niyatida ekanligini bildirdi. Shuningdek mazkur klaster loyihasini O‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha tashabbus bildirdi. Muloqtda mamlakatimiz korxonalari bu loyihani o‘rganib chiqishni va istiqbolli loyihani birga amalga oshirshga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Ana shunday yirik loyihalardan yana biri mo‘ynachilik sohasida amalga oshirilishi kutilmoqda. Qozog‘iston yengil sanoat korxonalari uyushmasi prezidenti ayni yo‘nalishda O‘zbekiston bilan loyihani amalga oshirishga, shuningdek, autsorsing asosida mo‘ynali tolalarni ishlab chiqarish bo‘yicha takliflarini bildirdi.
Shuningdek qozog‘iston tomoni ulgurji savdo va reteylerlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha o‘zbek tadbirkorlariga qator takliflarni bildirdi. Bundan tashqari Olmota shahrida savdo uyini ochish bo‘yicha fikr almashildi.
Ikki davlat o‘rtasidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, hamkorlikni yana-da kengaytirish bo‘yicha joriy yilning kuzida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “UzCharmExpo-2022” 13-xalqaro ko‘rgazmasida doirasida ikki davlat charm-poyabzal sohasidagi tadbirkoralar ishtirokida O‘zbek-Qozoq biznes forumini o‘tkazishga kelishib olindi.
Atameken Olmota palatasi va unga aʼzo korxonalardan iborat delegatsiyaning kuzgi ko‘rgazmada ishtiroki bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uzcharmsanoat