“UZCHARMEXPO-2022” 12- XALQARO KO'RAGZMA YARMARKASI O'Z ISHINI BOSHLADI

25.05.2022

“UZCHARMEXPO-2022” 12- XALQARO KO'RAGZMA YARMARKASI O'Z ISHINI BOSHLADI

“O'zekspomarkaz” MKMda charm, poyabzal, attorlik, jun va mo'yna, mahalliylashtirilgan mahsulotlar “UzCharmExpo-2022” XII xalqaro ko'rgazma-yarmarkasi o'z ishini boshladi. “O'zcharmsanoat” uyushmasi hamda O'zbekiston Respublikasi investisiyalar va tashqi savdo vazirligi mazkur nufuzli forum tashkilotchilaridir.

“UzCharmExpo-2022” bu ko'p yillik tajriba va muvafaqqiyatli biznesning yutuqlari jamlangan manzildir. Yilda ikki marta- bahor va kuzda o'taziladigan mazkur ko'rgazma o'zaro manfaatli hamorlikni yo'lga qo'yish, ikki tomonlama aloqalarni o'rnatish, ishbilarmonlik portfelini yangi biznes loyihalar bilan boyitishda samarali maydon sanaladi.

Tashkilotchi haqida: “O'zcharmsanoat” uyushmasi chorva mollarini so'yish, terini qayta ishlash, poyabzal, charm buyumlar, butlovchi qismlar va aksessuarlar, poyabzal sanoati uchun kimyoviy moddalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi 700 dan ortiq korxonalarni o'z atrofida birlashtiradi. Assosiasiya charm-poyabzal sanoatida o'z biznesini boshlash va faoliyatini yanada rivojlanish istagida bo'lgan korxona va tadbirkorlarga bozor talabi, xom ashyo va ishlab chiqarish salohiyatidan kelib chiqqan holda biznes rejani ishlab chiqish va amalga oshirishda ko'maklashadi. Tarmoq ichida va tarmoqlararo kooperasiyani rivojlantiradi. 

Shuningdek, bir yo'nalishdagi yoki turli profildagi kompaniyalar umumiy maqsadni amalga oshirish yo'lida birlashadi. Birgina misol, sanoatda faoliyat yuritayotgan charm-poyabzal klasterlarida ishlab chiqarishning barcha bosqichlari bir majmuada jamlagan: “Xom ashyodan tayyor mahsulotgacha”. Bu esa o'z navbatida  vaqt va mablag'ni tejaydi. Mahsulotlarning sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. YAkunda mahsulotlarning bozorda raqobatbardoshliyligini oshiradi. 

“UzCharmExpo-2022” Markaziy Osiyodagi charm-poyabzal va mo'yna sanoatining eng yirik ixtisoslashtirilgan ko'rgazmasidir. Anjuman nafaqat O'zbekiston hududlardagi ishlab chiqarish salohiyatini namoyish qilmoqda. Balki, ko'plab mamlakatlarning soha mutahassislari uchun muloqot maydoniga aylanadi. Joriy yilgi ko'rgazmada ishtirok etish maqsadida 500ga yaqin mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari tomonidan arizalar kelib tushdi.

Joriy yilgi anjuman ishtirokchilari geografiyasiga nazar tashlasak unda Rossiya, Germaniya, Turkiya, Ispaniya, Polsha, Xitoy kabi ko'plab charm-poyabzal sanoati rivojlangan davlatlarning korxonalari va brendlari ko'rish mumkin. Faxriy mehmonlar orasida Xalqaro charm ishlab chiqaruvchilar kengashi, Xalqaro mo'yna federasiyasi, qator davlatlarning milliy uyushmalari, charm ishlab chiqaruvchilar, poyabzal va mo'ynachilik kengashlari va tadbirkorlarni uchratasiz.

Har yili ko'rgazmaga 5 mingga yaqin mehmon tashrif buyuradi. Uch kun davomida ko'rgazma stendlarida, biznes uchrashuvlarda ko'plab manfaatli muloqotlar amalga oshiriladi. Yangi hamkorlik kelishuvlariga erishiladi. 

Mahalliy charm, poyabzal, jun va mo'yna sanoatining eng faol takliflari uch kunlik ko'rgazma “UzCharmExpo 2022” stendlarida taqdim etiladi. 

“UzCharmExpo-2022” nafaqat kompaniyalarning salohiyati, mahsulot assortimenti va sohadagi innovasiyalar bilan tanishish imkoniyati, balki, B2B va G2B muzokaralari uchun samarali platformadir. Ko'rgazma doirasda biznes-muloqotlar va taqdimotlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Uzcharmsanoat