CHARM ISHLAB CHIQARISHNING KELGUSI ISTIQBOLLARI DUBAYDA MUHOKAMA ETILDI

30.03.2022

CHARM ISHLAB CHIQARISHNING KELGUSI ISTIQBOLLARI DUBAYDA MUHOKAMA ETILDI

 “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi xalqaro charm ishlab chiqaruvchilar kengashining navbatdagi yillik yigʻilishida ishtirok etdi. Kengash yigʻilishi gibrit shaklda yaʼni onlayn va oflayn rejimda tashkil etildi. 

ICT  charmsanoat yoʻnalishidagi xalqaro tashkilotdir. Unga 1926-yilda asos solingan. Bugungi kunda mazkur xalqaro kengashga 34 ta davlat aʼzo. Oʻzbekiston 2018-yildan buyon ICTning teng huquqli aʼzosi sanaladi. Tashkilotning asosiy vazifasi charm mahsulotlar savdosini yagona xalqaro shartnomalar asosida amalga oshirish, xalqaro savdo barqarorligini taʼminlashdir. Shuningdek, tarmoq oldida turgan masalalarni birgalikda yechishda amaliy koʻmak koʻrsatishdir.


Xalqaro tashkilotning navbatdagi yillik yigʻilishida postpandemiya davridan soʻng dunyo charm sanoatida yuzaga kelgan masalalarni xal etish, xalqaro savdolarni amalga oshirish tashkilot tomonidan joriy etilgan talablar asosida amalga oshirish muhokama etildi. Qayd etilganidek, charmdan poyabzal va attorlik buyumlarini ishlab chiqarishda dizaynerlar koʻproq ekologik toza materiallardan foydalanishga eʼtibor bermoqda. Bu oʻz navbatida charm ishlab chiqaruvchi korxonalar oldiga qator talablarni qoʻymoqda.
Kengash yigʻilishida tashkilotga aʼzo davlatlar tomonidan charmni qayta ishlash tehnlogiyasini yanada rivojlantirish boʻyicha aʼzo davlatlar tomonidan tashabbuslar ilgar surildi. Shuningdek, xromsiz terini qayta ishlash masalasi ham yigʻilish kun tartibidan oʻrin oldi. 


Kengash aʼzolari tomonidan “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi tomonidan pandemiya va postpandemiya davrida charmsanoat tarmogʻining xalqaro bozorda barqarorligini taʼminlash, ishlab chiqarish koʻlamini kengaytirish va eksport xajmini oshirish boʻyicha amalga oshirgan chora-tadbirlarini alohida eʼtirof etishdi. Oʻzbekiston charmsanoatida ohirgi 5 yil ichida sunniy charm ishlab chiqarish boroasida amalga oshirilayotgan va tabbiy charm xissasini ishlab chiqarishda kamaytirish borasida olib borilgan ishlar tajriba sifatida aʼzo davlatlarga naʼmuna boʻlishi takidlandi. Shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat olib borayotgan mutaxasisslar malakasini oshirish borasida oʻquv seminarlari tashkil etish boʻyicha takliflar ilgari surildi.

Bu boradagi ishlar kelgusi yigʻilishda atroflicha muhokama qilish boʻyicha qarora qabul qilindi.

Uzcharmsanoat