OʻZBEKISTON-KOREYA: MAMLAKATIMIZ ISHLAB CHIQARISH XARITASIDA YANGI QOʻSHMA KORXONA

24.03.2022

OʻZBEKISTON-KOREYA: MAMLAKATIMIZ ISHLAB CHIQARISH XARITASIDA YANGI QOʻSHMA KORXONA

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi hamda Koreya Respublikasining “Selen CO LTD” kompaniyasi rahbari Kim Xyunxeyui bilan uchsharuv boʻlib oʻtdi. Muloqotda Koreyalik investorning Navoiy viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyiha boʻyicha takliflari atroflicha muhokama etildi.

Uchrashuv avvvalida Uyushma rahbariyati xorijlik tadbirkorga mamlakatimizning charm-poyabzal va moʻynachilik sanoatiga oid qonunchilikdagi soʻngi oʻzgarishlar, investorlarga yaratilayotgan sharoitlar va berilayotgan imtiyozlar haqida maʼlumot taqdim etdi. Oʻz navbatida janob Kim Xyunxeyui  bugungi kunda Oʻzbekiston charm-poyabzal sanoatida oʻsish dinamikasi kuzatilayotgani, shu bois Koreya kompaniyasi mamlakatimizga sarmoya kiritishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.


“Selen CO LTD” kompaniyasi rahbari  “Navoiy” EIZ hududida “NAV SILIN” MCHJ QK yangi korxonasini tashkil etish boʻyicha tashabbusni ilgari surdi. Yangi loyiha faoliyati asosan sintetik ip ishlab chiqarishga yoʻnaltiriladi. Loyiha qiymati 6 million dollarni tashkil etadi.  Bu yerda yiliga 120 tonna mahsulot ishlab chiqariladi. Yangi qoʻshma korxonani 2023-yilda foydalanishga topshirish kutilmoqda. Natijada 200 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi.


“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi Koreya kompaniyasi tashabbusini har tomonlama qoʻllab-quvatladi. Yaqindan hamkorlik qilish boʻyicha amaliy va tashkiliy masalalarda yordam berishga tayyor ekanligini maʼlum qildi. Uchrashuvda yangi qoʻshma korxonani barpo etish va foydalanishga topshirish boʻyicha tashkiliy masalalar atroflicha muhokama qilib olindi.
 

Uzcharmsanoat