OʻZBEK CHARM-POYABZAL MAHSULOTLARI AFRIKA DAVLATLARIGA YOʻL OLADI

10.03.2022

OʻZBEK CHARM-POYABZAL MAHSULOTLARI AFRIKA DAVLATLARIGA YOʻL OLADI

Misr Arab Respublikasining Qoxira shahrida boʻlib oʻtgan 16 xalqaro charm-poyabzal va  toʻqimachilik yarmarkasida “Oʻzcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo korxonalar xam jamoaviy stendi bilan faol ishtirok etdi. 

Afirka davlatlari orasida eng yirik savdo bozori hamda savdo-iqtisodiy koʻprik vazifasini oʻtovchi  Misr Oʻzbekiston bilan aynan charm-poyabzal  va moʻynachilik taromgʻida manfaatli aloqalarni yoʻlga qoʻyish hamda oʻzaro qoʻshma loyihalarni ishlab chiqishga katta qiziqish bildirmokda. Charm-poyabzal sanoatida ikki tomonlama hamkorlik partfeli istiqbolli loyihalar va investitsion dasturlar bilan toʻlgan. Bu haqda Qoxira mezbonlik qilgan 16 xalqaro charm-poyabzal va  toʻqimachilik yarmarkasi doirasida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Misr ishbilarmonlar yigʻilishida alohida maʼlum qilindi. “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi Misr kompaniyalari va tadbirkorlariga mamlakatimizda ayni yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar, imtiyoz va imkoniyatlar, xom ashyo bazasi, eksport geografiyasi toʻgʻrisida takdimot oʻtkazdi.


Koʻrgazma doirasila Oʻzbekiston-Misr oʻrtasida savdo iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, eksport koʻrsatkichlarini oshirish maqsadida yurtimiz charm-poyabzal ishlab chiqaruvchilari Misr Arab Respublikasining charm sanoati palatasi hamda Misrning terini qayta ishlash palatalari bilan muzokaralar oʻtkazdi.  

Forumda qayd etilganidek, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi mamlakatimizning charm-poyabzal sanoatiga Misr sarmoyalarni jalb etish, qoʻshma korxonalar tashkil etish borasida izchil ishlarni olib bormoqda. Xususan, uyushma tomonidan Misr kompaniyalari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, ikki tomon oʻrtasida tijorat hamkorligining istiqbollari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, mamlakatimizning eksport salohiyati, uning raqobatdosh ustunliklari dinamikasi, jahon bozoridagi oʻrnini oʻrganish va tahlil qilish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Investitsion takliflar va biznes-rejalar kengayib bormoqda. Ishchi guruhlarda oʻtkaziladigan sarmoyaviy muloqot biznes muhitini moslashtirishga yordam bermoqda. 


Ishbilarmonlar yigʻilishi doirasida V2V uchrashuvlar hamda muzokaralar oʻtkazildi. Shuningdek, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi va Misr Arab Respublikasining charm sanoati palatasi hamda Misr Arab Respublikasining terini qayta ishlash palatasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha anglashuv memarandumi imzolandi.

В рамках деловой встречи состоялись и переговоры  формате В2В. Также Ассоциацией «Узчармсаноат» подписаны меморандумы о взаимопонимании с Палатами кожевенной промышленности и переработки кожи Арабской Республики Египет.

Uzcharmsanoat