O`ZBEKISTON-ROSSIYA: TA’LIM TIZIMIDA HAMKORLIK

01.03.2022

O`ZBEKISTON-ROSSIYA: TA’LIM TIZIMIDA HAMKORLIK

“MOSSHOES-2022” xalqaro ko`rgazmasi doirasida “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, A.N. Kosygin nomidagi Rossiya davlat universiteti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti o’rtasida hamkorlik memarandumi imzolandi.

Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik yosh dizaynerlar va poyabzal va aksessuarlar dizaynerlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.  Sanoat korxonalari vakillari bilan ishbilarmonlik aloqalarini o'rnatish, tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlarini tijorat targ‘iboti va sanoatda tatbiq etishga ko‘maklashish, shuningdek, ularni zamonaviy bozor raqobat sharoitlariga moslashtirishga ko`maklashadi.

Mazkur memorandum bilan charm-poyabzal sanoatida ilmiy izlanishlar olib borish, tajriba, ilmiy-amaliy ma’lumotlar almashish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro konferensiyalar, mahorat darslari, seminarlar, forumlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Uzcharmsanoat