BIOT-2022: BIZNESDAN MUHIM

06.12.2022

BIOT-2022: BIZNESDAN MUHIM

Bugungi globallashuv va sanoat kun sayin rivojlanib borayotgan davrda eng avvalo korxonalarda faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlarning mehnatini muhofaza qilish va ularga qulay, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish muhim sanaladi.

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida boʼlib oʼtayotgan BIOT-2022 xalqaro koʼrgazmasi esa aynan mehnat muhofazasi sohasida yangi ishlanmalar va innovatsion gʼoyalarni taqdim etayotgani bilan ahamiyatlidir. Joriy yilda 26-bor tashkil etilgan anjumanda “Oʼzcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo 20 dan ortiq korxonalar jamoaviy stend bilan ishtirok etmoqda. Oʼzbekiston stendidan 300 turdagi shaxsiy himoya vositalari va maxsus poyabzallar naʼmunalari oʼrin olgan.

Koʼrgazmaning dastlabki kunida “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati koʼplab manfaatli muzokaralar va yangi shartnomalarni imzolash marosimlarida ishtirok etdi. Xususan, Rossiya tekstil va yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar kengashi bilan boʼlib oʼtgan muloqotda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, kooperatsiyani rivojlantirish borasida fikr almashildi. Muloqot soʼngida oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisidagi memarandum imzolandi.

Shaxsiy himoya vositalari uyushmasi bilan boʼlib oʼtgan muzokalarda sohada Oʼzbekiston korxonalari bilan eksport-import munosabatlarini yoʼlga qoʼyish, yangi qoʼshma loyihalarni amalga oshirish boʼyicha kelishuvga erishildi. Muzokaralar soʼngida ikki uyushma oʼrtasida hamkorlik toʼgʼrisidagi memarandum imzolandi.

Shuningdek, А.N.Kassigin nomidagi Moskva davlat universiteti bilan ham qoʼshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish boʼyicha hamkorlik memarandumi imzolandi.

Shuningdek, mahalliy korxonalarimiz koʼplab Rossiya kompaniyalari bilan muzokaralarni amalga oshirdi. Dastlabki kun yakuni bilan 17 mln. АQSh dollarlik eksport shartnomalari imzolandi.

BIOT-2022 xalqaro koʼrgazmasi 9 dekabrga qadar davom etadi.

Uzcharmsanoat