SIFATLI TA’LIM KELAJAK UCHUN MUVAFFAQIYAT KALITI

22.12.2022

SIFATLI TA’LIM KELAJAK UCHUN MUVAFFAQIYAT KALITI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2022 yilning 20 dekabr kuni parlament va xalqimizga murojaatnoma yo`llab, mamlakatimizning kelgusi yillardagi tarraqiyotini belgilab beruvchi muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Mazkur murojaatnomada bildirilgan taklif va mulohazalarning asosiy yo`nalishlaridan biri bu sifatli taʼlimni tashkil etish, malakali kadrlarni yetkazib berishda xorijning taʼlim standartlaridan samarali foydalanish va ularni mamlakatimiz taʼlim tizimiga implementatsiya qilish bo`ldi.

“O`zcharmsanoat” uyushmasi mamlakatimiz rahbarining bu boradagi tashabbuslarini tez fursatda xayotga samarali joriy etish hamda charm-poyabzal va mo`ynachilik tarmog`i uchun malakali kadrlarni yetkazib berish maqsadida, xalqaro hamkorlikka alohida urg`u bermoqda. Rivojlangan xorij davlatlarining oliy taʼlim muassasalari bilan qo`shma taʼlim dasturlarini amalga oshirish bo`yicha aloqalarni rivojlantirmoqda. Bu borada Turkiya, Buyuk Britaniya, Belorus, Rossiya universitetlari bilan ishlar boshlab yuborilgan. Аyni vaqda ushbu davtalarning profil universitetlarida talabalarimiz qo`shma taʼlim dasturi asosida bilim olishmoqda.

Endi ana shunday nufuzli taʼlim maskanlari safi yana bittaga ko`paydi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 fevraldagi “Charm-poyabzal va mo`ynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarorida Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti, bilan hamkorlikda charm-poyabzal sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo`yicha taʼlim grantlarini jalb qilish va taʼlim dasturlarini amalga oshirish choralarini ko`rish bo`yicha “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi oldiga yuklatilgan vazifalar ijrosi to`liq taʼminlanmoqda. 

Yakuniga yetayotgan yilda qariyb bir yillik muzokaralar va muloqotlar samarasida “O`zcharmsanoat” uyushmasi, Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti, Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti o`rtasida uch tomonlama hamkorlik to`g`risidagi memarandum imzolandi.

Uyushma delegatlari Rossiya universitetida bo`lib, mazkur taʼlim mussasasining o`quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Pedogoglar jamoasi bilan qo`shma taʼlim dasturlarini amalga oshirish bo`yicha fikr almashdi. Muloqotda Uyushma vakillari Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti pedodoglar jamoasiga mamlakatimizda charm-poyabzal sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat tomonidan tarmoqni rivojlantirish borasida yaratilgan imtiyoz va sharoitlar, ishlab chiqarish, sarmoyaviy, eksport imkoniyatlar xaqida maʼlumot berildi. Malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo`yicha respublikada amalga oshiralayotgan ishlar to`g`risida axborot berdi.

Muloqotda ko`tarilgan masalalr yuzasidan Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti rektori Аleksey Demidov O`zbekistonning sohadagi yutuqlarini yuqori baholadi.

-Buguni `zbekiston bundan besh yil oldinga mamlakat emas. U yangi g`oyalar va tashabbuslar asosida tarqqiyotning yangi bosqichiga chiqmoqda. Birgina charm-poyabzal sohasidagi o`zgarishlar va isloxotlarni diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz. O`sish va rivojlanish tezlik bilan amalga oshmoqda. Mamlakat charm mahsulotlar eksportida Rossiyaning yetkachi hamkoriga aylanib ulgurgan. Endi esa taʼlim tizimida ham yangiliklar qilinmoqda. Bu esa quvonarli. Demak yaqin besh yilda O`zbekiston bu sohada ham ilg`orlar safiga kiradi.

Muloqotda shuningdek, mazkur universitet talabalarining “O`zcharmsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan o`tkazib kelinadigan “UzCharmStyle” yosh dizaynerlar ko`rgazmasida ishtirokiga oid jihatlar ham muhokama qilib olindi. Qo`shma o`quv dasturlarini tayyorlash, talabalar almashinuvi borasida “Yo`l xaritasi”ni ishlab chiqish bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Muloqot so`ngida O`zbekistonlik talabalarning universitet qoshidagi taʼlim klasterida malakalarini oshirish va o`z g`oyalarina xayotga joriy qilish bo`yicha zarur qo`llanmalarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Uzcharmsanoat