PRAGMATIK KURS: TURKIYA OʻZBEKISTON BILAN CHARM-POYABZAL TARMOGʻIDA HAMKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISHDAN MANFAATDOR

09.09.2021

PRAGMATIK KURS: TURKIYA OʻZBEKISTON BILAN CHARM-POYABZAL TARMOGʻIDA HAMKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISHDAN MANFAATDOR

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati hamda Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan ikki mamlakat oʻrtasida charm-poyabzal tarmogʻini yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama etildi.

Uchrashuvda uyushma rahbariyati Turkiya elchisiga bugungi kunda Oʻzbekiston charm-poyabzal tarmogʻida erishilgan yutuqlar hamda mamlakat iqtisodiyotida tutgan oʻrni toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etdi. Shuningdek, xorijiy investorlar uchun mamlakatimizda yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar haqida maʼlumot berildi. Ikki mamlakat tadbirkorlari hamkorligida amalga oshirilgan qoʻshma loyihalar va dasturlar bilan tanishtirildi.

Oʻz navbatida elchi Olgan Bekar Oʻzbekiston Turkiyaning ham strategik, ham iqtisodiy hamkori ekanligini takdilab, 2020-yilda oʻzaro savdo aylanmasi 1 milliard AQSH dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2021-yilning yetti oyida bu koʻrsatkich 2 milliard AQSH dollarga yetganini maʼlum qildi. Bunda albatta charm-poyabzal sanoatining ham ulushi borligini aytib oʻtdi.

Uchrashuvda hamkorlikda koʻshma loyihalarni amalga oshirish, Turk berndlarining mahsulotlarini “Autsorsing” va “Franchayzing” asosida Oʻzbekistonda ishlab chiqarish masalalari muhokama etildi.

Muloqottlarda asosiy eʼtibor Oʻzbekistonda soha uchun malakali kadrlarni tayyorlash va bunda Turkiya universitetlari bilan yaqin aloqalarni yoʻlga qoʻish borasida fikr almashildi. 

Qayd etish kerak, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi Turkiyaning “Egey” universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishgan. Pandemiya bois bu boradagi ishlar biroz toʻxtagan edi. Turkiya elchisi Olgan Bekar bu boradagi ishlarni tez fursatda jonlantirish borasida hamkorlikka tayyor ekanligini maʼlum qildi. Bundan tashqari Ikki davlat rahbarlarining kelishuviga asosan Toshkentda Oʻzbekiston-Turkiya universitetini tashkil etish boʻyicha ishlar jadal surʼatlarda olib borilayotgani maʼlum qilindi.

Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish borasida Turkiya tomoni qator takliflarni Uyushma rahbariyatiga taklif qildi. Jumladan, Turkiyalik mutaxasisslar ishtirokida Oʻzbekistonda qisqa muddatli oʻquv kursalarini tashkil etish masalasi shular jumlasidan. Elchi maʼlum qilganidek, Turkiya har yili Oʻzbekistonlik talabalarga taʼlim grantlarini ajratadi. Kelgusi oʻquv yilidan boshlab aynan charm-poyabzal tarmogʻi uchun injener-texnologlar, dizaynerlar tayyorlash maqsadida ham alohida grantlar ajartilishi boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Uchrashuvda davomida ikki tomonlama hamkorlikning kelgusi istiqbollari yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

Uzcharmsanoat