ROSSIYANING “MAKFINE” KOMPANIYASI OʻZBEKISTONGA INVESTITSIYA KIRITADI

13.12.2021

ROSSIYANING “MAKFINE” KOMPANIYASI OʻZBEKISTONGA INVESTITSIYA KIRITADI

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasida Rossiyaning “MakFine” kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqot mavzusi investitsion hamkorlik va yangi loyihani amalga oshirish boʻldi.

Uchrashuv avvalida Uyushma rahbariyati kompaniya direktori Armen Avetisyanga Oʻzbekiston charm-poyabzal sanoatining investitsion salohiyati va eksport koʻrsatkichlari toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot taqdim etdi. Shuningdek, xorijiy investorlarga mamlakatda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, davlat tomonidan beralayotgan imtiyozlar toʻgʻrisida axborot taqdim etdi.


“MakFine” rahbari oʻz navabitda Oʻzbekiston charm-poyabzal va moʻynachilik sohasidagi oʻsish dinamikasini kuzatib borayotgani, sifat koʻrsatkichlari yuqoriligini takidladi. Shu bois Oʻzbekistonga investitsiya kiritish niyatida ekanligini qayd etdi. Shuningdek, mamlakatimizda yangi qoʻshma loyihani ishga tushirishni maqsad qilganini takidladi.

Maʼlumot oʻrnida qayd etish kerak,  “MakFine” kompaniyasi ulgurji savdo bilan shugʻullanadi.  Kompaniya 20 yildan buyon Rossiya bozorida ish olib boradi. Poyabzal sanoatida yetkachilardan biri sanaladi. Kompaniya Angliya, Ispaniya, Xitoy, Italiya, Rossiyaning yetakchi korxonalari bilan hamkorlik qilib keladi. “MakFine”ning ustunligi shundaki sifat va narx uygʻunligi taʼminlangan.


Muloqot chogʻida “MakFine” rahbari Oʻzbekiston bilan hamkorlikda yangi qoʻshma loyihan amalga oshirish va bu borada investitsiya kiritish tashabbusi bilan chiqdi. Shu maqsadda poytaxt va Toshkent vilyaotidagi ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurib ishlab chiqarish jarayolari bilan yaqindan tanishishni rejalashtiromqda. Kompaniya mutaxassislari texnologiyalarni koʻzdan kechiradi. Tayyor mahsulotlar sifatini nazoratdan oʻtkazadi.

Uchrashuv yakunida  hamkorlikning kelgusi istiqbollari atroflicha muhokama qilib olindi.

Uzcharmsanoat