“UZCHARM STYLE 2021”: CHARM-POYABZAL VA MOʻYNCHALIK SANOATIDA YANGI NOMLAR

14.11.2021

“UZCHARM STYLE 2021”: CHARM-POYABZAL VA MOʻYNCHALIK SANOATIDA YANGI NOMLAR

Eng soʻnggi urfdagi charm va moʻynadan tayyorlangan poyabzal va aksessuarlar namoyishi, yosh iqtidorli dizaynerlaning moda olamidagi kreativ yonadashuvi, turli xildagi tabiiy charm mahsulotlar koʻrgazmasi, xorijiy mutaxassislar ishtirokidagi master klasslar. Bularning barchasi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti  hamkorligida tashkil etilgan “UZCHARM STYLE 2021” Yosh dizaynerlar Respublika tanlovidan oʻrin olgan tadbirlar taqvimi. Ixtisoslashgan OTMlarda tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tanlov oktyabr oyida start olgan edi. Tanlovning birinchi bosqichida ishtirok etish maqsadida 100 dan ortiq yoshlar  oʻz arizalarini topshirdi. Koʻrik tanlovning yakuniy bosqichiga esa  38 ta kolleksiya  yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Uch kun davomida soha mutaxassislari, korxonalar rahbarlari, texnolog va dizaynerlardan iborat haʼyat aʼzolari tanlov ishchirokchilarini 10 ta mezon asosida baholashdi.


OTM talabalari tanlovda yettita yoʻnalishda gʻoliblik uchun kurash olib bordilar.
“Eng yaxshi erkaklar poyabzali dizayni” nominatsiyasi boʻyicha
“Eng yaxshi ayollar poyabzali dizayni”
“Eng yaxshi bolalar va oʻsmirlar poyabzali dizayni”
“Eng yaxshi charm-attorlik buyumlari va aksessuarlar dizayni”
“Eng yaxshi sport mahsulotlari dizayni”
“Qorakoʻl va charmdan tayyorlangan eng yaxshi erkaklar kiyimi dizayni”
“Qorakoʻl va charmdan tayyorlangan eng yaxshi ayollar kiyimi dizayni” yoʻnalishlarida gʻoliblar nomi aniqlandi. Ular ichidan eng yaxshi dep topilgan ikki nafar yosh dizayner esa gran prini qoʻlga kiritdi.

Qayd etish kerak, tanlovdan koʻzlangan maksad ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyasini yanada rivojlantirishdir. Respublika koʻrik tanlovi ishtirokchilarining ijodiy ishlarini xalqaro ekspertlar ham kuzatib bordi.  

“UZCHARM STYLE 2021” yangi nomlarni kashf qilishda qulay platforma boʻlib xizmat kildi.

Uzcharmsanoat