1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar” kuni

01.10.2021

1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar” kuni

Har birimiz hayotda qanday muvaffaqiyat va natijalarga erishgan boʻlsak, bu yutuqlarda ustoz va murabbiylarning beqiyos hissasi bor. Millionlab farzandlar qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimizga har qancha tahsinlar aytsak oz. “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi va koʻp sonli tadbirkorlarimiz nomidan aziz va moʻtabar boʻlgan ulugʻ zot-muallif va murabbiylarimizni 1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, ezgu faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz!

Hamisha sogʻ-omon boʻling, muhtaram ustozlar!

Uzcharmsanoat