“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi kengashi qarori bilan Farxod Xasanovich Nurmuxamedov "O‘zcharmsanoat" uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi

18.03.2024

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi kengashi qarori bilan Farxod Xasanovich Nurmuxamedov "O‘zcharmsanoat" uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi

Shu munosabat bilan bugunga qadar “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatib kelgan Farxod Xasanovichni yangi lavozimiga oʻtishi munosabati bilan Uyushma markaziy apparatida tayinlov marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi kengashi rahbariyati va Uyushma xodimlari ishtirok etdi.
    
Farxod Xasanovichni Uyushma xodimlari va koʻp sonli tadbirkorlarimiz nomidan samimiy muborakbod etamiz. Davlat rahbari tashabbusi va ezgu gʻoyalari asosida olib borilayotgan islohotlarda, charmsanoat tarmogʻini yanada rivojlanitirish yoʻlidagi faoliyatida ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Uzcharmsanoat