Kuangdo auto parts: O`zbekiston investitsiya uchun qulay maydon

12.03.2024

Kuangdo auto parts: O`zbekiston investitsiya uchun qulay maydon

 “O`zcharmsanoat” uyushmasida “Kuangda Technology Group” huzuridagi “Kuangdo auto parts” MCHJning bosh direktori bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Muloqotda kompaniya tomonidan mamlakatimizda amalga oshiri rejalashtiriliayotgan investitsiya loyihasi doirasida sunniy charm ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirishning istiqbollari  ko`rib chiqildi.
  Dastlab, xorijiy kompaniyaga mamlakatimiz charm sanoat tarmog`ida amalga oshirilayotgan islohotlar, ishlab chiqarish, investitsiya, eksport ko`rsatkichlari yuzasidan taqdimot o`tkazildi. Mamlakatimizning 16 hududidagi ixtisoslashtirilgan sanoat zonalari faoliyati to`g`risida ma`lumot taqdim etildi.
  Ma`lumot uchun: “Kuangdo auto parts” MCHJ 1993 yilda  Xitoy va Janubiy Koreya hamkorligida  faoliyatini boshlagan. Kompaniya asosan ekologik sintetik charm, o'rindiq qoplamalari, avtomobillarning ichki interyeri uchun nocharm materiallar va sunniy charm, extiyot qismlarinini ishlab chiqaradi.  Avtomobillarga kompozit ishlov berish bilan shug'ullanadi. Sanoat zanjiri integratsiyasining afzalliklariga tayangan holda, kompaniya mijozlarga avtomobil interyeri uchun kombinatsiyalarini taqdim etib kelmoqda.
 O`tgan yildan boshlab kompaniya “UzAuto” bilan hamkorlikda mamlakatimizda yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish ustida ish olib bormoqda. Mazkur loyihaga uch bosqichda investitsiya kiritiladi. Dastlab lominant, nocharm materiallar va extiyot qismlari ishlab chiqarilishi reja qilingan Uchunchi bosqichda sunniy charm ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi. 
 Qayd etish kerak, buguni kunda yildan yilda  O`zbekistonda  avtomobilsozlik, charm-poyabzal sohalarida  sunniy charmga bo`lgan talab ortib bormoqda.  Shu bois, “Kuangdo auto parts” MCHJ bu yerda sunniy charm ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonani barpo etishni maqsad qilgan.
Uchrashuvda mazkur loyihani amalga oshirishning tashkiliy, xuquqiy, moliyaviya jixatlari atroflicha ko`rib chiqildi.

Uzcharmsanoat