Xitoyning Syamen shahrida boʻlib oʻtayotgan 25-chi Xitoy Xalqaro Investitsiyalar va Savdo Koʻrgazmasi (CIFIT-2025)da mamlakatimiz delegatsiyasi keng koʻlamli mahsulotlar ekspozitsiyasi bilan ishtirok etmoqda. Tadbirda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi ham oʻz stendi bilan qatnashib, mahalliy mahsulotlar va ishlab chiqarish salohiyatini taqdim etdi.
Koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston va Xitoy kompaniyalari oʻrtasida qator muzokaralar boʻlib oʻtdi. Xususan, poyabzal ishlab chiqarish sohasida innovatsion texnologiyalar, zamonaviy dizayn va eksport imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, yirik anjuman doirasida “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati Xitoyning Putian poyabzal ishlab chiqarish klasteri hamda Fujian Jietan Environmental Protection Technology Co. Ltd kompaniyalari bilan uchrashib, sarmoyaviy hamda eksport hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
CIFIT-25 doirasidagi Oʻzbekiston pavilyoni delegatsiya va tashrif buyurgan mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi. Stendda mamlakatimizdagi erkin iqtisodiy zonalar, investitsiyaviy imtiyozlar va soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar haqida toʻliq maʼlumot taqdim etildi.
Uzcharmsanoat