“O‘zcharmsanoat” uyushmasi hamda Xitoyning “Runxin” kompaniyasi o‘rtasida yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muloqotda loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Xitoyning “Runxin” kompaniyasi Toshkent viloyatida bir million dollarlik investitsiya loyihasini amalga oshirishga kirishmoqda. Loyiha doirasida charm-poyabzal sanoati uchun zarur bo‘lgan turli granulalar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, ichki va tashqi bozor uchun mavsumiy poyabzallar tayyorlanadi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar asosan Yevropa davlatlari va AQSh bozoriga eksport qilinishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, mazkur investitsiya nafaqat ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy mutaxassislarni tayyorlash va eksport hajmini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Shu orqali O‘zbekiston charm-poyabzal sanoati xomashyo eksportidan tayyor mahsulot eksportiga bosqichma-bosqich o‘tib, jahon bozorida o‘z mavqeini mustahkamlaydi.
Uzcharmsanoat