Ayni kunlarda Mo‘g‘uliston Respublikasi poytaxti Ulan-Bator shahrida O‘zbekiston ishbilarmon doiralari delegatsiyasining tashrifi amalga oshirilmoqda. Tashrif doirasida ikki davlat tadbirkorlari ishtirokida keng ko‘lamli B2B uchrashuvlar tashkil etildi. Unda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va tarmoq korxonalari faol ishtirok etdi.
Uchrashuvlarda tomonlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish, eksport-import imkoniyatlarini oshirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdilar.
Aynan teri xom ashyosi yo‘nalishida O‘zbekiston uchun muhim hamkorlar topildi. Bu esa sohada xom ashyo ta’minotini barqarorlashtirish va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Muzokaralar natijasida joriy yil kuz faslida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “UzCharmExpo-EurAsia-2025” xalqaro ko‘rgazmasiga Mo‘g‘ulistondan yirik ishbilarmonlar delegatsiyasi tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda.
Uzcharmsanoat