Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Rossiya investitsiyasi asosida tashkil etilgan "Egida Simakx" MCHJ QK korxonasi mamlakatimizda porolon va avtomobil o‘rindiqlari g‘iloflari ishlab chiqarishda yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda.
Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 100 ming dona avtomobil o‘rindig‘i g‘ilofi va 3500 tonna porolonni tashkil etadi.
"Egida Simakx" MCHJ QK faqatgina avtomobilsozlik sanoati uchun emas, balki boshqa sohalar uchun ham keng turdagi porolon mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish orqali korxona yengil sanoat, mebelsozlik, charm-poyabzal sanoati, elektrotexnika va boshqa tarmoqlar uchun 50 dan ortiq modeldagi porolon mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi va mahalliylashtirdi.
Bugungi kunda "Egida Simakx" MCHJ QK korxonasi O‘zbekiston bozorida mustahkam o‘rin egallab, import o‘rnini bosish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashga hissa qo‘shmoqda.
Uzcharmsanoat