“O‘zcharmsanoat” uyushmasi boshqaruvining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda markaziy apparat, hududiy boshqarmalar va dizayn markazi xodimlari ishtirok etdi.
Dastlab, 2024 yilda charmsanoat sohasini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar natijalari muhokama qilindi. Hususan, o‘tgan yilda bajarilgan ishlar tahlili natijasida ijro intizomi va xalqaro hamkorlik yo‘nalishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani tanqid qilindi. Eksport ko‘rsatkichlarini bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani ma’lum qilindi.
2025 yil uchun belgilangan maqsadli parametrlarni amalga oshirishda asosiy vazifa eksportyor korxonalar sonini oshirishdir. 250 million dollarlik eksport ko‘rsatkichlarini amalga oshirish uchun, eksportyor korxonalar bilan tizimli hamkorlikni tashkil etish, yangi xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi. Buning uchun, korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni yangi bozorlarga yo‘naltirish strategiyasi ishlab chiqiladi.
Shuningdek, xalqaro hamkorlar va xorijiy investorlar bilan ishlashni yanada samarali tashkil etish maqsadida, yangi mexanizmlar va ishlash tizimlari joriy qilish rejalashtirilgan. Bu jarayonda yo‘l xaritasi tuzilib, maqsadlarga erishish uchun aniq ish strategiyalari va choralar belgilandi.
2025 yilda charmsanoat sohasining yangi imkoniyatlarga asoslangan rivoji uchun bu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi muhim ahamiyatga ega.
Uzcharmsanoat