O‘zbekistonda yangi investitsiya imkoniyatlarini qidirgan xorijiy kompaniyalar qatoriga Turkiyaning nufuzli “Aplus Tedariks AS” kompaniyasi ham qo‘shildi. “O‘zcharmsanoat” uyushmasida kompaniya vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, mamlakatimizda yarim tayyor charmning sirt qismiga maxsus qatlam qoplash bo‘yicha innovatsion loyihani amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.
“Aplus Tedariks AS” kompaniyasining O‘zbekistonda yangi loyihani amalga oshirishga qiziqishi mahalliy charm sanoatidagi innovatsion yangiliklar va texnologik rivojlanishga xizmat qiladi. Loyiha doirasida, yarim tayyor charm mahsulotlarining sirt qismiga sifatli va maxsus qatlamlarni qoplash orqali, mahsulotlar nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorlarda ham raqobatbardoshligini oshirish maqsad qilingan.
Bu hamkorlik, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xorijiy investorlar o‘rtasida samarali munosabatlarni o‘rnatish va zamonaviy texnologiyalar olib kelish orqali, charm sanoatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
“Aplus Tedariks AS” kompaniyasi muloqotda O‘zbekistondagi yangi investitsiya loyihalasi mahalliy sanoatning rivoji va innovatsiyalarga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda, O‘zbekistonning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga yordam berishini, shuningdek, mamlakatning iqtisodiy o‘sishini ta’minlashini alohida qayd etdi.
Uzcharmsanoat