Farg‘onada charm sanoatini rivojlantirish imkoniyatlar ko‘rib chiqildi

16.01.2025

Farg‘onada charm sanoatini rivojlantirish imkoniyatlar ko‘rib chiqildi

Farg‘ona viloyatida "O‘zcharmsanoat" uyushmasi, viloyat hokimligi, Xalq banki hamda moliya tashkilotlari va hamkor tashkilotlar ishtirokida charm sanoati sohasi tadbirkorlari bilan  uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda viloyatdagi kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarishni kengaytirish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, loyihalarni kreditlash va yer maydonlarini ajratish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda ishtirokchilar sanoat zonalarida yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish, mavjud korxonalarning ish faoliyatini kengaytirish va modernizatsiya qilish masalalariga e’tibor qaratdi. Shuningdek, tadbirkorlarga moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va imtiyozli kreditlash tizimlari bo‘yicha takliflar berildi. Yer maydonlarini ajratish va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda tadbikorlar uchun zarur sharoitlarni ta’minlash, ishlab chiqarishni kengaytirish va viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida aniq vazifalar belgilab olindi.

Uzcharmsanoat