“CASHM BARLAS”: O`ZBEKISTON LOYIHAMIZ UCHUN JOZIBADOR MANZIL

08.05.2024

“CASHM BARLAS”: O`ZBEKISTON LOYIHAMIZ UCHUN JOZIBADOR MANZIL


“O‘zcharmsanoat” uyushmasida Turkiyaning “CASHM BARLAS” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Investorlar bilan uchrashuvda poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan yangi invest loyihani amalga oshirish masalasi muhokama etildi.  
  Dastlab, Turkiya kompaniyasiga mamlakatimizdagi charm-poyabzal sanoatiga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonalari, investorlarga yaratilgan sharoit va ajratilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, muzokaralar davomida tomonlar investitsiya loyihasini amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar. Turk kompaniyasi mamlakatimizda turli modeldagi poyabzallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sarmoyaviy loyihani amalga oshirishni maqsad qilgan. Loyihaning dastlabki qiymati 2 million dollarni tashkil etadi. Uskunаlarning 70 foizi Turkiyadan keltiriladi. Toshkent viloyatida kimoshdi savdosiga qo`yilgan charm sanoatiga ixtisoslashtirilgan yer maydonlaridan sotib olib, bino qurish va yangi korxona tashkil etish rejalashtirilgan.
Muzokaralar davomida korxonada poyabzal modellarini ishlab chiqish bo‘yicha dizayner va texnolog kadrlarni tayyorlash yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekistonlik mutaxassislar uchun ushbu yo‘nalishda treninglar o‘tkazishga qaror qilindi.

Uzcharmsanoat