O'ZBEKISTON-ERON: HAMKORLIKNING YANGI YO'NALISHLARI

23.05.2024

O'ZBEKISTON-ERON: HAMKORLIKNING YANGI YO'NALISHLARI

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasida “UzCharmExpo-Leather Goods-2024” XVI charm, poyabzal, attorlik, moʼyna, jun va mahalliylashtirilgan mahsulotlar xalqaro koʼrgazmasi doirasida “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi raisi v.b Farxod Nurmuxamedov va Eronning "Chemisan" va "Zarin Poushesh JAM" korxonalarining rahbarlaridan iborat delegatsiya o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv doirasida Eronlik tadbirkorlar mamlakatimizda EVA, Polimer, Poliuretan xom ashyosidan qator mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonani ishga tushirish tashabbusini bildirdi. Muloqotda ushbu yo'nalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirishning istiqbollari ko'rib chiqildi.

Uzcharmsanoat