“O`zcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi Rostov-Donda

18.05.2024

“O`zcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi Rostov-Donda

 O`zbekiston va Rossiya o`rtasida savdo-iqtisodiy, invesitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, oliy darajadagi muzokarlarda erishilgan kelishuvlarni samarali hayotga tadbiq etish maqsadida “O`zcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi RFning qator hududlarida bo`lib samarli muloqot va muzokaralarga kirishgan.

 Xususan, “O`zcharmsanoat” uyushmasi raisi o`rinbosari Mirsaid Zoxidov Rostov-Don shahridagi charmsanoat sohasi korxonalari, yirik savdo tarmoqlari vakillari bilan muzokaralar o`tkazdi. Jumladan, Donks davlat texnika universiteti qoshidagi Rostov viloyati innovatsiya va texnologiya yengil sanoat klasterida bo`lib o`tgan uchrashuvda mamlakatimiz charm sanoati korxonalari uchun malakali dizyner, texnolog va tikuvchilarni yetkazib berish bo`yicha ta`lim dasturni amalga oshirish masalasi muhokama etildi. Xabaringiz bor, mamlakatimizning turli hududlarida aynan cham sanoati tarmog`i uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan ta`lim markazlari ish boshlaydi. Muzokalarda aynan ushbu markazlarga Rostov viloyati innovatsiya va texnologiya yengil sanoat klasterning xalaqaro sertifikatlarga ega dizayner va texnologlaridan iborat pedogoglar jamoasini jalb etishga kelishib olindi.

 Shuningdek, Uyushma delegatlari Rostov shahridagi yirik ishlab chiqarish kompaniyalarida ham bo`ldi. Rossiyaning kuchli 20 ta kompaniyasidan biri sanalgan “Донобувь” mamlakatimiz korxonalari bilan hamkorlikka katta qiziqish bildirmoqda. Muzokalarda hamkorlikni bir necha bosqichda amalga oshirishga kelishib olindi. Dastlab, Rossiya kompaniyasi O`zbekistondan maxsus va ishchilar poyabzallarini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Na`munalar kompaniya laboratoriyalaridan sinovdan o`tgandan so`ng xarid jarayonlari boshlanadi. Navbatdagi bosqichda esa qo`shma ishlab chiqarish korxonasini barpo etish belg`ilangan. Shu maqsadda “Донобувь” kompaniyasi rahbariyati muzokaralarning navbatdagi raundi uchun Toshkentga keladigan bo`ldi. 
Shuningdek “Тигран” “LeGrow” kompaniyasi, Rostov poyabzal fabrikasi bilan ham ikki tomonlama aloqalarni yo`lga qo`yish bo`yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Uzcharmsanoat