KUN TАRTIBIDА IJTIMOIY HIMOYA MАSАLАSI

25.04.2024

KUN TАRTIBIDА IJTIMOIY HIMOYA MАSАLАSI

Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabi va “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi hamkorligida respublikamizda imkoniyati cheklangan maktablarda taʼlim olayotgan oʼquvchilarni kasb-hunarga yoʼnaltirish boʼyicha “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.
 Unda Qoraqolpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab oʼquvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirok etib, 1-son kasb-hunar maktabida yaratilgan sharoitlar, taʼlim metodikasi, kasb-hunar toʼgaraklari va qisqa muddatli oʼquv kurslari bilan yaqindan tanishdi.
 Jumladan, tashrif buyuruvchilar charm-poyabzal mahsulotlarini tayyorlash, informatika, ingliz-tili, payvandlash, elektrotexnika yoʼnalishlari haqida batafsil maʼlumot olishdi. Kasb-hunar maktabi oʼqituvchilari tomonidan yigit-qizlarga yangi taʼlim metodikasi tushuntirildi. Аksariyat oʼquvchilar charm-poyabzal yoʼnalishiga qiziqish bildirib, hunar egallash istagi borligini bildirdi. Аyrim yoshlar esa, IT va ingliz tili kurslarida bilim olish niyatida ekanligini maʼlum qildi. 
 Shuningdek, oʼquvchilar kasb-hunar maktabi hayotidan hikoya qiluvchi koʼrgazma bilan tanishdi. Tadbir davomida yoshlar ijtimoiy himoya tizimidagi islohotlar, professional kadrlar tayyorlash, zamonaviy taʼlim jarayonlari haqida yorqin taassurotga ega boʼlishdi

Uzcharmsanoat