DIHAD-2024:  O`ZBEKISTON CHARM SANOATI YUTUQLARI MAYDONI

24.04.2024

DIHAD-2024:  O`ZBEKISTON CHARM SANOATI YUTUQLARI MAYDONI

DIHAD-2024:  O`ZBEKISTON CHARM SANOATI YUTUQLARI MAYDONI
  Joriy yilning 23-25 aprel kunlari BAAning Dubay shahrida “Dihad-2024” koʻrgazmasi bo`lib o`tadi.  Dubay xalqaro gumanitar yordam va taraqqiyot (DIHAD) konferensiyasi va ko'rgazmasi taraqqiyot boʻyicha dunyodagi yetakchi tadbir sifatida tan olingan. Dubay jahon savdo markazida start olgan anjuman muhim voqelik sanaladi.  154 ishtirokchi mamlakatdan 900 dan ortiq tashkilotlar 8 ta pavilyonda o`z mahsulotlarini namoyishga qo`ygan.
  “O`zcharmsanoat” uyushmasi ham ushbu yirik ko`rgazmada “Made in Uzbekistan” jamoaviy stendi bilan ishtirok etmoqda. Mamlakatimiz charm sanoati korxonalari tomonidan xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish va sog'liqni saqlash, favqulodda vaziyatlar, sanitariya me'yorlari uchun zarur bo`lgan maxsus kiyimlar hamda poyabzal mahsulotlari xorijiy hamkorlarga taqdim etilmoqda.
  Ko`rgazma doirasida milliy ishlab chiqaruvchilarimiz BAAning “HFH GENERAL TRADING L.L.C” kompaniyasi bosh direktori Ramin Habibi bilan muzokaralar o`tkazdi. Kompaniya tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga qiziqish bildirildi. Jumladan, maxsus poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar bilan hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini ma`lum qildi. Kelgusida mamlakatimizdagi soha korxonalaridan olingan mahsulotlarni Afrika mamlakatlariga eksport qilish istagi bildirildi. Shuningdek, mazkur hamkorlik aloqalarini dastlabki bosqichi Andijon viloyatidagi “Classica Shoes International” MCHJ bilan amalga oshirilishiga kelishib olindi.
So'nggi yillarda xalqaro gumanitar yordam va taraqqiyot yo`nalishida mahalliy korxonalarimiz xorijiy tajribadan foydalanib, sohaga innovatsiyalarni joriy qilish bo`yicha chet-el kompaniyalari bilan muloqotlar o`tkazilmoqda.

Uzcharmsanoat