Bugungi o'sib borayotgan davrda "Bir kamar – bir yo'l" poyabzal sanoati bo'yicha konferensiyani o`tkazish uchun Fujian provinsiyasining (Xitoyning poyabzal poytaxti) Jinjiang shahri tanlandi.
Ayni paytda "Bir kamar – bir yo'l" bo'ylab joylashgan mamlakatlarning poyabzal sanoati jadal rivojlanmoqda. Uning afzalliklari shubhasiz kengdir. Ular boy kadrlarga, maqbul ishlab chiqarish xarajatlariga va keng bozor maydoniga ega bo'lib, poyabzal ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun yangi biznes imkoniyatlarini taqdim etadi.
🗓Ushbu yuqori darajadagi xalqaro konferensiya 2024 yilning 20 aprel kuni Jinjiang shahrida bo`lib o`tadi.
Konferensiya dasturi haqida ma’lumot: Ingiliz tilida (https://telegra.ph/THE-25TH-JINJANG-FOOTWEAR--THE-8TH-SPORTS-INDUSTRY-INTERNATIONAL-EXPOSITION--BELT-AND-ROAD-FOOTWEAR-INDUSTRY-MATCHMAKING-03-28)
Uzcharmsanoat