YEVROOSIYO SАNOАT KONGRESSI: CHАRM SАNOАT BOZORI TАXLIL QILINDI

25.03.2024

YEVROOSIYO SАNOАT KONGRESSI: CHАRM SАNOАT BOZORI TАXLIL QILINDI

2024 yil 21-24 mart kunlari Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida Yevroosiyo MDH+ yengil sanoat ko`rgazma-kongressi boʼlib oʼtdi. Koʼrgazma-kongress MDHga aʼzo davlatlarning xalqaro iqtisodiy forumi tadbirlari dasturi doirasida oʼtkazildi. Unda “O`zcharmsanoat” uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Farxod Nurmuxamedov ishtirok etdi.
Ko`rgazma-kongressining ustuvor maqsadi –Yevroosiyo bozori salohiyatidan foydalanish, MDH davlatlari, ShHT, YeOII va BRIKS davlatlari oʼrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, maqbul sharoitlar yaratish maqsadida ixtisoslashgan biznesni rivojlantirish uchun tarmoq transmilliy biznes platformasini shakllantirishdan iborat.
Kongressda MDH davlatlari oʼrtasida charm sanoat sohasining yutuqlari va istiqbollari, oldinda turgan masalalar muhokama etildi. Xususan, O`zbekistoning MDHga aʼzo mamlakatlar bilan hamkorligi natijalari tug`risida tadbir ishtirokchilariga maʼlumotlar taqdim etildi.
Xususan, O`zbekiston korxonalari Rossiya va Belorus Respublikalari bilan tarmoqda samarali ishlari yo`lga qo`ygan. Misol uchun, “Pelle Tehnology” MChJ va “Karavan SK” MChJ o`rtasida umumiy qiymati 5 mln. dollarlik investitsiya shartnomasi imzolangan. Yangi loyiha terini chuqur qayta ishlashga qaratilgan. Loyiha Toshkent viloyatida amalga oshiriladi. Belorus brendi “Marko” mahalliy “Furskins Company” MChJ bilan birga qo`shma korxonani ishga tushiradi. Loyiha qiymati 3,5 mln. dollarni tashkil etadi. 
Kongressda tashkilotga aʼzo davlatlar o`rtasida bu kabi yirik loyihalar ko`lamini kengaytirish, istiqbolliy yo`nalishlar bo`yicha dasturlar ishlab chiqish, yagona platformadan foydalangan xolda savdolarni amalga oshirish masalari atroflicha muhokama etildi.

Uzcharmsanoat