2024 yilida “O'zcharmsanoat” uyushmasi va unga a'zo korxonalar xalqaro ko'rgazmalarda yangi ishlanmalar bilan xorijiy bozorlarda o'z o'rnini mustahkamladi. 20 ta xalqaro ko'rgazmada ishtirok etgan mahalliy korxonalar 9 ta ixtisoslashgan va 11 ta “Made in Uzbekistan” ko'rgazmasida stend tashkil etdi.
Ko'rgazmalar natijasida Xitoy, Rossiya, Turkiya va Italiya bilan muhim eksport va investitsiya kelishuvlari imzolandi. Xitoy bilan 25 mln dollarlik eksport va 13,3 mln dollarlik investitsiya, Rossiya bilan 16 mln dollarlik eksport, Turkiya bilan 5,7 mln dollarlik eksport va 30 mln dollarlik investitsiya shartnomalari tuzildi. Italiya bilan esa 8,5 mln dollarlik eksport shartnomasi imzolandi.
2025 yilda ham halqaro hamkorlikni kengaytirish va yangi imkoniyatlar yaratish bo'yicha ishlar davom etmoqda.
Uzcharmsanoat