“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi A.Sultanov va Hindistonning MSS (Midas Star Specialities) kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida online muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda LWG xalqaro sertifikatini O‘zbekistonda joriy qilish yuzasidan konsalting va auditor xizmatlarini ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi.
🔹Ma’lumki Prezidentning qaroriga (https://lex.uz/docs/6934046?query=LWG#sr-1) muvofiq, O‘zbekiston charm sanoatida LWG sertifikatini olish jarayoni boshlandi. Joriy yilning shu davriga qadar mamlakatimizdagi charm ishlab chiqarish korxonalarini xalqaro standartlarga moslashtirish, ekologik barqarorlik va ishlab chiqarishning ijtimoiy mas'uliyatlarini mustahkamlash bo’yicha LWG talablari asosida audit oldi nazorati o‘tkazildi.
2025 yilning martida LWG auditning yakuniy bosqichini amalga oshiradi. Birinchi etapda 10 ta korxona auditdan o‘tkaziladi.
🔹LWG auditorlari O‘zbekistonga kelib ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatadi. Ekologik va ijtimoiy standartlarga rioya qilish yo‘nalishida tahlil olib boradi. Bu bosqich, O‘zbekiston charm sanoatini global standartlarga muvofiqlashtirishda muhim qadam hisoblanadi.
🔹Ushbu jarayonlarda O‘zbekiston korxonalariga konsalting hizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha “O‘zharmsanoat” uyushmasi hamda MSS kompaniyasi o‘rtasida kelishuv imzolandi.
🔹Kelishuvga asosan, MSS O‘zbekiston korxonalariga nafaqat LWG sertifikatini olish, balki ishlab chiqarish jarayonlarini sifatli va ekologik jihatdan barqaror tashkil qilishga ham yordam beradi. Buning natijasida, O‘zbekiston charm sanoati global bozorda muvaffaqiyatli raqobatlashish imkoniga ega bo‘ladi.
🔹2025 yilda LWG sertifikatini oluvchi nomzod korxonalar
1.“Peng Sheng Charm” MChJ QK – Sirdaryo viloyati
2. “Hamkor Nur Savdo” MChJ – Toshkent viloyati
3. “Premium Leather” MChJ – Farg‘ona viloyati
4. “Angren Charm Invest” MChJ – Toshkent viloyati
5. “Top Quality Brand” MCHJ – Surxondaryo viloyati
6. “UzTurk Charm” MChJ – Jizzax viloyati
7. “Gold Leather Export Import” MChJ – Namangan viloyati
8. “Nafis jozibasi” – Namangan viloyati
9. “Ulkan Laziz” MChJ – Toshkent shahri
10. “Antik Asl Charm” MChJ – Namangan viloyati
Uzcharmsanoat