Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʼmitasi raisi Bahrom Norqobilov boshchiligidagi “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi, "Oʼzbekbaliqsanoat" uyushmasi, “Xalq” banki rahbariyatidan tashkil topgan Oʼzbekiston delegatsiyasi ayni kunlarda Yaponiyaning Tokio shahrida boʼlib turibdi. Oʼzbekiston delegatsiyasi tarkibida Uyushma raisi Faxriddin Boboyev Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) Markaziy Osiyo va Kavkaz departamenti direktori Kenji Ogasaxara bilan boʼlib oʼtgan uchrashuvda qatnashdi. Oʼzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi hamda mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasining amaliy koʼmagida tashkil etilgan muloqotda Oʼzbekiston Respublikasida chorvachilikni rivojlantirish, hosil boʼlgan terini chukur qayta ishlab, yuqori koʼshilgan qiymatli tayer maxsulotlarni ishlab chiqarishga yoʼnaltirilgan klaster loyixalarni amalga oshirish va uning tayyorgarlik tekshiruvini oʼtkazish masalasi koʼrib chiqildi.
Maʼlumki, chorvachilik Oʼzbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmogʼi boʼlib, yalpi ichki mahsulotning qariyb 13 foizi fermer xoʼjaliklari hissasiga toʼgʼri keladi. Prezidentimiz tomonidan qo'yilgan vazifalarga muvofiq chorvachilikni rivojlantirish, undan hosil boʼlgan sifatli xom ashyo – terini chukur qayta ishlab yuqori koʼshilgan qiymatli tayyor maxsulotlarni jahon bozorlariga eksport qilish boʼyicha klaster loyixalar ishlab chiqish, tarmoqda ish oʼrinlarini yaratish va kambagʼallikni kamaytirish dolzarb vazifa boʼlmoqda. Ushbu masalalarni xal etish maqsadida JICA hamda Oʼzbekistondagi tegishli qoʼmita va uyushmalar bilan hamkorlikda “Chorvachilikda qiymat zanjirini ragʼbatlantirish” loyihasi uchun tayyorgarlik boshlandi.Muzokaralarda ushbu loyihani amalga oshirishning, texnik-iqtisodiy jihatlari, tadqiqotning butun mamlakatimiz hududlari boʼylab oʼtkazilishida amaliy koʼmak masalalari muhokama etildi. Qayd etilganidek, hozirda loyiha ikkita tarkibiy qismdan iborat boʼldi. Yaʼni, ikki bosqichli-kredit va konsalting xizmatlari boʼlishi kutilmoqda. Shu bilan birga, tomonlar, agar tayyorgarlik soʼrovi natijasida zarurat tugʼilganda loyiha doirasida kichik hajmdagi obʼektlarni qurish, qayta tiklash va uskunalar bilan taʼminlash jarayonlari boʼyicha kelishuvga erishdi.
Muzokaralarda ushbu loyihani amalga oshirishning, texnik-iqtisodiy jihatlari, tadqiqotning butun mamlakatimiz hududlari boʼylab oʼtkazilishida amaliy koʼmak masalalari muhokama etildi. Qayd etilganidek, hozirda loyiha ikkita tarkibiy qismdan iborat boʼldi. Yaʼni, ikki bosqichli-kredit va konsalting xizmatlari boʼlishi kutilmoqda. Shu bilan birga, tomonlar, agar tayyorgarlik soʼrovi natijasida zarurat tugʼilganda loyiha doirasida kichik hajmdagi obʼektlarni qurish, qayta tiklash va uskunalar bilan taʼminlash jarayonlari boʼyicha kelishuvga erishdi.
Muzokaralar yakuni bilan tomonlar “Oʼzbekiston Respublikasida charvachilik sohasida qiymat zanjirini ragʼbatlantirishga oid loyihani amalga oshirish va uning tayyorgarlik tekshiruvini oʼtkazish”ga oid protokolni imzoladilar.
Uzcharmsanoat