Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning XXR raisi Si Szinpinning taklifi bilan mazkur mamlakatga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki mamlakat oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ijtimoiy sohalarda hamkorlik aloqalarning yanada kengayishida muxim qadam boʼldi.
Oʼzbekiston rahbari XXRning Shenchjen shahriga tashrif buyurib, Oʼzbekiston-Xitoy investitsiya forumida ishtirok etishi bu munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda doʼstona aloqalarning yanada rivojlanishi uchun asos boʼlib xizmat qildi. Mazkur forumda “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi hamda unga aʼzo korxonalar delegatsiyasi ham ishtirok etib, manfaatli muloqotlar va muzokaralar oʼtkazdi. Natijada ikki davlat korxonalari, birlashmalari oʼrtasida yirik paketdagi investitsiya, eksport shartnomalari imzolanishiga erishildi.
Jumladan, olib borilgan muloqatlar va muzokaralar yakuni bilan “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi hamda Dongguan poyabzal uyushmasi oʼrtasida 2024 yilda Xitoy kapitali asosida Oʼzbekistonda xom ashyo, tayyor charm, poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan oʼnta investitsiya loyihasini amalga oshirish boʼyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, Sirdaryo viloyatida joylashgan “Peng Sheng” xorijiy kompaniyasi va Xitoyning “Yangling Guohe Cross-Border E-Commerse” kompaniyasi oʼrtasida Oʼzbekistondan mahsulot xarid qilish boʼyicha umumiy qiymati 20 mln. dollar boʼlgan eksport shartnomasi imzolandi.
Qayd etish kerak, bugun Xitoy kompaniyalari Oʼzbekistonga sarmoya kiritish va biznes faoliyatini yuritishda faollikni oshirgan. Shuningdek, Uyushma delagatsiyasi 2024 yilda Xitoy brendlarini Oʼzbekistonga jalb etish boʼyicha ham manfaatli kelishuvlarga erishgan.
Xitoyda boʼlib oʼtgan investitsiya, xududlararo forumlar ushbu aloqalarni yanada kengaytirish va Oʼzbekiston-Xitoy oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yuqori bosqichga olib chiqishda munosib biznes platforma boʼlib xizmat qildi.
Uzcharmsanoat