APLF: O`ZBEKISTON BANGKOK KO`RGAZMASINING YANGILIGI BO`LADI

26.09.2023

APLF: O`ZBEKISTON BANGKOK KO`RGAZMASINING YANGILIGI BO`LADI

O`zcharmsanoat uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Lineapelle ko`rgazmasi doirasida ALPF xalqaro ko`rgazmasi tashkiloti vakillari bilan muloqot o`tkazdi. Uchrashuvda ko`rgazmalar faoliyatida hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish, o`zaro tajriba almashish va bayerlar dasturini ishlab chiqishda APLF amaliyotini “UzCharmExpo-EurAsia-2023” xalqaro ko`rgazmasiga joriy etish masalalari muhokama etildi.

Qayd etish kerak, APLF ko`rgazmasi dunyo charmsanoatidagi eng yirik global anjuman sanaladi. Yuqori darajadagi charm ko'rgazmasi sifatida e'tirof etiluchi ko`rgazma muvaffaqiyatli savdo va eksport bitimlarini imzolashda muhim maydon sanaladi. Shu bois soha professionallari, tashkilotlar tomonidan qadrlanadi. Har yili 20 dan ortiq global uyushmalar va 800 dan ortiq eksponentlar bozor narxini aniqlash, forumlarda ishtirok etish va kelgusi yil uchun muhim rejalarni ishlab chiqish maqsadida ushbu xalqaro evintda birlashadilar.

Muloqotda 2023 yilning 25-27 oktabr kunlari Bangkokda bo`lib o`tadigan “APLF ASEAN” xalqaro ko`rgazmasida O`zbekiston korxonalari ishtirokini ta`minlash, Osiyo brendlari va mahalliy korxonalarimiz o`rtasida hamkorlikni y`olga qo`yish bo`yicha aniq dasturlar ishlab chiqish masalasi muhokama etildi. Shuningdek, “UzCharmExpo-EurAsia-2023” xalqaro ko`rgazmasida APLFning uzoq yillik tajribasini joriy etish ham ko`rib chiqildi.

APLF vakillari Toshkent mezbonlik qiluvchi ko`rgazmaga Osiyo brendlarini, ulgurji savdo vakillarini jalb etishda amaliy ko`mak ko`rsatishga tayyor ekanligini ma`lum qildi. Ko`rgazmalar faloiyatida o`zaro hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Uzcharmsanoat