O’zbekiston charmsanoatida Italiyaning MADE 4.0 tajribasi qo’llaniladi

21.09.2023

O’zbekiston charmsanoatida Italiyaning MADE 4.0 tajribasi qo’llaniladi

“O’zcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev boshchiligidagi mamlakatimiz charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalardan iborat delegatsiya Italiyaga tashrifi chog’ida mazkur mamlakatning iqtisodiy rivojlanish vazriligi tomonidan tashkil etilgan MADE 4.0 sanoat salohiyati markazi faoliyati bilan tanishdi.

Qayd etish kerak, MADE Italiya sanoatida raqamli korxonalarni baropo etish, sanoat uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash bilan shug’ullanadi. MADE - korxonalarning raqamli texnologiyalariga o’tishida texnik maslahatchi vazifasini ham o’taydi. "Aqlli zavodlar"ni barpo etishda laboratoriya sanaladi. 2500 m.kv. maydondagi 90 dan ortiq o’quv hamda kovorking markazlari korxona talablaridan kelib chiqib individual "aqlli zavod"ni barpo etishga ko’maklashadi.

Tashrif chog’ida “O’zcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasiga sanoat korxonalariga ko’rsatiladiga xizmatlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, sanoat korxonalarini loyihalash, moliyalashtirish, kadrlarni o’qitish, ilm-fan yutuqlarini zavodda joriy qilish bo’yicha amaliy ishlar taqdimoti o’tkazildi.

Uyshma raisi muloqotda markaz rahbariyati bilan MADE 4.0 tajribasini O’zbekiston korxonalarida qo’llash bo’yicha muzokara o’tkazdi. Ucharshuvda eng avvalo markazning ta’lim yo’nalishidan foydalanib mutaxassislarni qayta tayyorlash bo’yicha hamkorlik masalasi ko’rib chiqildi. Boisi, MADE 4.0 tizimi orqali kadrlar tezkor metodlar asosida o’qitiladi. Texnologiyalarni o’zlashtirish salohiyati oshiriladi. Bu esa sanoat uchun salohiyatli mutaxassislarni ko’payishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, tashrif cho’gida mamlakatimiz korxonalarida raqamli transformatsiya jarayonlarini o’tkazish bo’yicha tashabbus ilgari surildi. Aynan bu borada ham MADE 4.0 markazining tajribasi yuqoridir. U ko’plab Italiya korxonalariga bu borada samarli loyihalarni taqdim etgan.

 Bundan tashqari logistika sohasida ham MADE va “O’zcharmsanoat” uyushmasi o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish boyicha kelishuvlarga erishildi.

 

Uzcharmsanoat