JАNUBIY KOREYA INVESTORLАRIGА OʼZBEKISTON CHАRMSАNOАTINING INVESTITSION LOYIHАLАRI TАQDIM ETILDI

12.09.2023

JАNUBIY KOREYA INVESTORLАRIGА OʼZBEKISTON CHАRMSАNOАTINING INVESTITSION LOYIHАLАRI TАQDIM ETILDI

Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan sanoat tarmoqlari va birlashmalaridan iborat delegatsiyaning Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida Oʼzbekiston­-Koreya biznes forumi boʼlib oʼtdi. Аnjumandan koʼzlangan maqsad mamlakatimiz iqtisodiyotiga Koreya kapitalini faol jalb etish, yangi sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishdan iboratdir.

Biznes forumda “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev ishtirok etdi hamda Janubiy Koreyaning yirik kompaniya va korxonalari rahbarlariga mamlakatimiz charmsanoatining ishlab chiqarish, investitsiyaviy hamda eksport salohiyati toʼgʼrisida taqdimot oʼtkazdi.

Аnjuman doirasida Oʼzbekistonda charm-poyabzal va moʼyna tarmogʼida amalga oshirilayotgan klasterlar, ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonalari faoliyati toʼgʼrisida Koreya tomoniga batafsil maʼlumotlar berildi. Xorijiy investorlarga davlat tomonidan koʼrsatilayotgan huquqiy va amaliy koʼmak, yaratilgan sharoit hamda imtiyozlar haqida soʼz yuritildi.

Shuningdek, biznes forum doirasida “Soosung Engineering” hamda “Beomhan Engineering” komipaniyalari bilan tozalash inshoatlarini qurish boʼyicha muzokaralar oʼtkazildi. Soha korxonalariga texnik koʼmak koʼrsatish boʼyicha takliflar ishlab chiqildi. Yakunda “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi har ikki tashkilot bilan Oʼzbekistonda tozalash inshoatlarini qurish, mavjudlarini modernizatsiya qilish boʼyicha oʼzaro anglashuv memarandumi imzolandi.

 

Uzcharmsanoat