OʼZBEKISTON-JАNUBIY KOREYA: IQTISODIY HАMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

11.09.2023

OʼZBEKISTON-JАNUBIY KOREYA: IQTISODIY HАMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

 Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimiz sanoat tarmoqlaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida amaliy tashrif bilan boʼlib turibdi.

Tashrifdan koʼzlangan maqsad ikki davlat oʼrtasida iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish, avvalgi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni oʼz vaqtida samarali amalga oshirishdir.

Tashrifning dastlabki kunida delegatsiya aʼzolari tarkibida “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboev Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Dak Su bilan uchrashuvda ishtirok etdi.

 Uchrashuvda Oʼzbekiston-Koreya Respublikasi oʼrtasida strategik sheriklikni yanada faollashtirish, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oʼrtasida boʼlgani kabi Oʼzbekiston va Koreyaning davlat idoralari va tarmoq birlashmalari oʼrtasida ham yaqin hamkorlikni yoʼlga qoʼyish, birgalikda yangi loyihalar va dasturlarni amalga oshirish boʼyicha tashabbuslar ilgari surildi. Yaqin sheriklik aloqalarining kelgusi istiqbollari muhokama etildi.

Uzcharmsanoat