“Elit-Line” xalqaro hamkorlikning yangi formatdagi platformasi

31.07.2023

“Elit-Line” xalqaro hamkorlikning yangi formatdagi platformasi

Qozogʼiston Respublikasining Olma-Ota shahrida “Elit-Line” va “CAF” xalqaro koʼrgazmalari oʼz ishini boshladi. Mazkur anjumanlarda “Oʼzcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo 15 dan ortiq korxonalar 150 turdagi mahsulotlar naʼmunalari bilan ishtirok etmoqda. Mahalliy korxonalar joriy yilgi koʼrgazmaga alohida tayyorgarlik koʼrdi. Xalqaro maydonda oʼz brendlarini tanitish uchun yangi modeldagi poyabzallar, qorakoʼl mahsulotlari, charm‑attorlik buyumlarining kuzgi mavsum uchun moʼljallangan kollektsiyalari taqdim etilmoqda. Shuningdek, jamoaviy stenddan bu yil charm-poyabzal saonatida yangi avlod xom ashyosi sanalgan TEP granulalari, poyabzal tagliklari, kimyoviy moddalar ham oʼrin oldi.Koʼrgazmaning dastlabki kunidanoq Oʼzbekison korxonalari Qozogʼiston, Turkiya kompaniyalari bilan samarali muloqotga kirishdi. Xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulotlarni xorijga eksport qilishgacha boʼlgan masalalar yuzasidan hamkorlar bilan manfaatli kelishuvlarga erishdi. Xususan, “Ulkan-Laziz” MChJ Turkiyaning yirik kompaniyasi bilan maxsus poyabzallarni sanoat korxonalariga yetkazib berish boʼyicha 1,5 mln.dollarllik eskport kelishuviga erishdi. Endilikda korxona tomonidan ishlab chiqarilgan maxsus poyabzallar Qozogʼiston va Turkiya sanoat tarmogʼi uchun yetkazib beriladi.“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi va xalqaro moʼyna federatsiyasi oʼrtasida boʼlib oʼtgan muloqotda Oʼzbekistonda ishlab chiqarilgan qorakoʼl mahsulotlarini xalqaro auksionlarda sotish, jahon bozorida Oʼzbek qorakoʼli brendini yanada kenga targʼib qilish boʼyicha amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, Rossiya moʼna kengashi bilan kuzda boʼlib oʼtadigan “UzCharmExpo-EurAsia-2023” xalqaro koʼrgazma maydonidan 100 kv.metr joy xarid qilish boʼyicha kelishuvga erishildi.“Black Gator” korxonasi hamda Turkiyaning “Jero Textile” kompaniyasi oʼrtasida boʼlib oʼtgan muloqotda mamlakatimiz korxonasi Turkiya kompaniyasi uchun charm-attorlik buyumlarini “Аutsorsing” asosida ishlab chiqarish boʼyicha dastlabki hamkorlik kelishuviga erishdi.Mazkur ikki koʼrgazmada Oʼzbekiston korxonalari koʼplab manfaatli va samarali muloqotlarga krishib, oʼz biznes paketlarini yangi shartnoma va kelishuvlar bilan boyitmoqda.

Uzcharmsanoat