“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi hamda Turkiyaning “Birlik Shoes Sole” kompaniyasi vakili bilan ikki tomonlama sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda mazkur kompaniya sarmoyasi asosida yangi qoʼshma korxonani ochish boʼyicha uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuv avvalida Turk kompaniyasiga mamlakatimizda xorijiy investorlarga yaratilgan sharoitlar, charmsanoat sohasida erishilgan yutuqlar, investitsion muhit va eksport hajmlari yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.
“Birlik Shoes Sole” kompaniyasi Oʼzbekiston iqtisodiyotining barqaror oʼsish surʼatlariga erishayotganini alohida takidlab, charmsanoat sohasida mamlakatimiz korxonalari bilan hamkorlik qilish maqsadida ekanligini maʼlum qildi. Shuningdek, kompaniya sarmoyalarini Oʼzbekistonga yoʼnaltirish borasida qator takliflarini bildirdi.
Xususan, turk kompaniyasi Navioy viloyatining Karmana tumanida joylashgan “Mexes” MChJ korxonasi bilan hamkorlikda ayollar va bolalar poyabzallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi qoʼshma korxonani ishga tushishirishni maqsad qilgan. Loyihaning dastlabki bosqichida 1 mln.dollar investitsiya kiritiilishi rejalashtirilgan.
Muloqot soʼngida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va yangi qoʼshma korxonani ishga tushirish bilan bogʼliq amaliy jihatlar atroflicha muhokama qilib olindi.
Uzcharmsanoat