Qozogʼiston poytaxti Ostona shahrida boʼlib oʼtayotgan “Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi-KIOSh” xalqaro koʼrgazmasi doirasida “Oʼzcharmsanoat” uyushmasiga 20 dan ortiq korxona muvofaaqiyatli eksport shartnomalari va investitsiya kelishuvlarini imzolashga erishdi.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan maxsus poyabzallar, uniformalarni mazkur mamlakat bozoriga yetkazib berish boʼyicha Qozogʼiston kompaniyalar bilan muzokaralar, muloqotlar oʼtkazildi.
Jumladan, Uyushmaga aʼzo “Ulkan Laziz” MChJ Qozogʼistonning “JMKZ” korxonasi bilan togʼ-kon, kimyo sanoatlari uchun maxsus poyabzallarni yetkazib berish boʼyicha umumiy qiymati 500 ming АQSh dollari boʼlgan eksport shartnomasini imzoladi. Shuningdek, “Ulkan Laziz” MChJ Qozogʼiston kompaniyalari bilan tabiiy charmdan tayyorlangan poyabzal mahsulotlarini mazkur davlatning Olma-ota, Chimkent shaharlariga sotish boʼyicha 300 ming АQSh dollarlik shartnomalarni qoʼlga kiritdi.
“KFK” korxonasi esa, koʼrgazmaning navbatdagi kunida ham manfaatli yirik eksport shartnomalarni qoʼlga kiritdi. Korxona Qozogʼiston kompaniyalari bilan qariy 800 ming dollardan ortiq boʼlgan eksport shartnomalarni imzoladi.
Uch kunlik koʼrgazma doirasida, mahalliy korxonalarimiz tomonidan qariyb, 2,5 mln dollarlik eksport shartnomalari imzolandi.
Shuningdek, koʼrgazma doirasida mamlakatimiz charm sanoatining investitsion salohiyati, ishlab chiqarish va eksport hajmlari yuzasidan taqdimotlar oʼtkazildi.
Umuman olganda “KIOSh” xalqaro koʼrgazmasi mahalliy korxonalarimizning eksport salohiyatini yanada oshirib, yangi hamkorlar topishi uchun qulay biznes platforma boʼlib xizmat qildi.
Uzcharmsanoat